Otabaev Abdukadir Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamiyat qurilishining institusionallashuvi (siyosiy-tarixiy tahlil)”, 23.00.01 – Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi (siyosiy fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ss160.
Ilmiy rahbar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Idirov Ulugbek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Otakulov Shuxrat Murodullaevich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda jamiyat qurilishining institusionallashuv muammosiga bevosita taalluqli ijtimoiy-siyosiy institutlarni ilmiy va nazariy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda siyosiy tizimni demokratlashtirish bilan bog‘liq tranzitlashuv jarayonlari sohalarni institusionallashirish orqali amalga oshirilganda samarali bo‘lishi va jamiyatda ijtimoiy tartibsizlik, anglashilmovchilik, noroziliklarning oldini olish hamda maqsadli va uyushgan muassasalar faoliyati ta’minlanishi mumkinligi asoslangan;
mamlakatda jamiyat qurilishi institusionallashuvining asosiy tarkibiy qismlari (ijtimoiy me’yorlar, qoidalar, turli sotsial normalar) va ichki mexanizmlari (holatlar va rollarni birlashtirish hamda ularni tizimga kiritish kabilar) ekanligi ochib berilgan;
siyosiy kategoriya sifatida “institut” (tashkil etish, muassasa) va “institusionallashuv” (o‘zini o‘zi tashkil etadigan hodisalardan uyushgan va boshqariladigan tizimga o‘tishning sinergetik jarayoni) kabi tushunchalar ta’riflari davriylik (suverenitetlik, tenglik, tizimlilik) va milliylik (milliy mentalitet, qadriyatlar, urf-odat va an’analar) omillari kiritilishi orqali takomillashtirilgan;
huquqiy demokratik rivojlanish, institusionallashuv siyosati va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy jihatdan tarkiblashuvi jarayon va institut sifatida sinxronlik kasb etayotganligida tabiiylik qonuniyati amal qilayotganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda jamiyat qurilishining institusionallashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda siyosiy tizimni demokratlashtirish bilan bog‘liq tranzitlashuv jarayonlari sohalarni institusionallashirish orqali amalga oshirilganda samarali bo‘lishi va jamiyatda ijtimoiy tartibsizlik, anglashilmovchilik, noroziliklarning oldini olish hamda maqsadli va uyushgan muassasalar faoliyati ta’minlanishi mumkinligiga oid xulosalardan “Xalq demokratik” partiyasining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli siyosiy dasturlarini ishlab chiqishda hamda partiya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va partiyadan saylangan deputatlar uchun tashkil etiladigan siyosiy o‘quv kurslarida foydalaniladigan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining 2020 yil 3 fevraldagi 1-97-son ma’lumotnomsi). Ushbu nazariy xulosalar, takliflar va tavsiyalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarning bugungi holati bo‘yicha siyosiy tahlil va xulosalarning ilmiy asoslanishiga xizmat qilgan;
mamlakatda jamiyat qurilishi institusionallashuvining asosiy tarkibiy qismlari (ijtimoiy me’yorlar, qoidalar, turli sotsial normalar) va ichki mexanizmlari (holatlar va rollarni birlashtirish hamda ularni tizimga kiritish kabilar) ekanligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida 2018-2019 yillar davomida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 11 fevraldagi 02/07-187-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa va takliflardan Harakatlar strategiyasining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” birinchi ustuvor yo‘nalishiga oid Davlat dasturining 30-bandi “Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish”ga oid jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy institusional yangilanishlar va muammolar echimiga siyosiy-tarixiy nuqtai nazardan katta hissa qo‘shgan;
siyosiy kategoriya sifatida “institut” (tashkil etish, muassasa) va “institusionallashuv” (o‘zini o‘zi tashkil etadigan hodisalardan uyushgan va boshqariladigan tizimga o‘tishning sinergetik jarayoni) kabi tushunchalar ta’riflari davriylik (suverinitetlik, tenglik, tizimlilik) va milliylik (milliy mentalitet, qadriyatlar, urf-odat va an’analar) omillari kiritilishiga oid xulosalar va ilmiy natijalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasi va partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi ijrosi jarayonida keng foydalanilgan. Jumladan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasining V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘limining 27-bandi: “Millatlararo munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish” bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2020 yil 13 fevraldagi 01-55-son ma’lumotnomasi) Natijada, partiyaning mazkur yo‘nalishdagi ishlari jonlanishiga katta hissa qo‘shilgan;
huquqiy demokratik rivojlanish, institusionallashuv siyosati va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy jihatdan tarkiblashuvi jarayon va institut sifatida sinxronlik kasb etayotganligida tabiiylik qonuniyati amal qilayotganligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasi va partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘limining 1.1. Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning, shuningdek, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini kuchaytirish bandining 1-xatboshisi “Oliy Majlis palatalari, ijro hokimiyati organlari va sud hokimiyati o‘rtasidagi aloqalarni yanada samarali yo‘lga qo‘yish”, 3-xatboshisi “Xalq diplomatiyasi konsepsiyasi” va “Parlament diplomatiyasi konsepsiyasi”ni ishlab chiqish hamda amalga oshirish”, 8-xatboshisi “Davlat va hududiy dasturlar loyihalarini barcha darajadagi deputatlarga, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun majburiy taqdim etish va ularning takliflarini olish tizimini joriy etish” kabi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2020 yil 13 fevraldagi 01-55-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-amaliy taklif va fikr-mulohazalar kelgusida partiyaning ilmiy-amaliy tadbirlar rejasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan.