Jumaev To‘lqin Xolmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari», 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ss130.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor, Bekmurodov Ismatilla, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston va Janubiy Koreya mamlakatlarining o‘zaro ijtimoiy-madaniy, siyosiy sohalardagi hamkorligi doirasida erishilgan natijalar dinamikasini ishlab chiqish va uni rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlar mavjudligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida ijtimoiy-madaniy, siyosiy aloqalar rivojlanishida ikki xalqqa xos bo‘lgan urf-odatlar, qadriyatlar, dunyoqarashlar va mental xususiyatlardagi umumiylik muhim o‘rin tutayotganligi ochib berilgan;
mamlakatlararo ijtimoiy-madaniy sohadagi ikkitomonlama aloqalarni siyosiy nuqtai nazardan suverentetizm tamoyillari asosidagi hamkorlikning 1992-2016 yillarni qamarab olgan birinchi hamda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha “harakatlar strategiyasi” doirasidagi o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni amalga oshirish jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi ikkinchi davrlarga bo‘lib o‘rganish lozimligi asoslangan;
O‘zbekiston va Janubiy Koreya ijtimoiy-madaniy hamkorligiga oid statistik materiallar, ma’lumotlar dinamikasi va xalqaro tajribalar asosida istiqbolda siyosiy aloqalarni ham rivojlantirish lozimligi yuzasidan xulosalar ishlab chiqilgan;
davlatlararo hamkorlikda ijtimoiy-madaniy munosabatlar tizimini takomillashtirish, ayniqsa, Janubiy Koreya davlatining rivojlanishiga zamin yaratgan fan va ta’lim sohasidagi tajribasidan O‘zbekiston ta’lim tizimi islohotlari jarayonida foydalanish lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-madaniy sohalardagi hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida ijtimoiy-madaniy, siyosiy aloqalar rivojlanishida ikki xalqqa xos bo‘lgan urf-odatlar, qadriyatlar, dunyoqarashlar va mental xususiyatlardagi umumiylik muhim o‘rin tutayotganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 12 dekabrdagi 01-09-2298-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar Qo‘mita va Koreys Madaniyat Markazlari Assotsiatsiyasi o‘rtasidagi ko‘ptomonlama hamkorlikni bir tizimga solishga hamda uni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan;
mamlakatlararo ijtimoiy-madaniy sohadagi ikkitomonlama aloqalarni siyosiy nuqtainazardan suverentetizm tamoyillari asosidagi hamkorlikning 1992-2016 yillarni qamarab olgan birinchi hamda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha “harakatlar strategiyasi” doirasidagi o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni amalga oshirish jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi ikkinchi davrlarga bo‘lib o‘rganish lozimligiga doir fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining 2019 yil 29 noyabrdagi 01-08-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-metodik markazning respublikamizda faoliyat yuritayotgan madaniyat markazlariga metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish jarayonida, jumladan, Koreys Madaniyat Markazlari Assotsiatsiyasi bilan ilmiy-metodik hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan;
O‘zbekiston va Janubiy Koreya ijtimoiy-madaniy hamkorligiga oid statistik materiallar, ma’lumotlar dinamikasi va xalqaro tajribalar asosida istiqbolda siyosiy aloqalarni ham rivojlantirish lozimligi yuzasidan berilgan xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasining “V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” deb nomlangan bo‘limining 27- bandi (Millatlararo munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish)da foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 27 dekabrdagi 01-855-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ish rejasida foydalanishi hamda amaliyotga joriy etilishi fuqarolarning milliy va umumbashariy qadriyatlarini rivojlantirish, jamiyat barqarorligini ta’minlashning mafkuraviy omillariga partiya e’tiborini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
davlatlararo hamkorlikda ijtimoiy-madaniy munosabatlar tizimini takomillashtirish, ayniqsa, Janubiy Koreya davlatining rivojlanishiga zamin yaratgan fan-ta’lim sohasidagi tajribasidan O‘zbekiston ta’lim tizimi islohotlari jarayonida foydalanish lozimligiga doir xulosalardan hamda O‘zbekistonning Janubiy Koreya munosabatlarining mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi rivojlanish omillariga oid materiallar, qiyosiy ma’lumotlar, xalqaro tajribalar tahlili va istiqbolli imkoniyatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining Ilmiy metodik tahlillar bo‘limi faoliyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 12 dekabrdagi 01-09-2298-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosa va tahlillar millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan.