Ibragimov Elyor Hakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ma’naviy-ruhiy manipulyasiyaning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal143.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor; Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori (DSs), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlar dunyoqarashini ma’naviy-ruhiy manipulyasiya texnologiyalaridan himoyalash yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-ruhiy manipulyasiyadagi maqsadning oshkor qilinmasligi, maxfiy holda amalga oshirilishi, aldov yoki majburlash texnologiyalari bilan bog‘liqligi singari asosiy atributlarining inson ongi va dunyoqarashiga ta’siri mantiqiy asoslangan;
individual, jamoaviy va ommaviy ma’naviy-ruhiy manipulyasiyaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-mafkuraviy maqsadlarga yo‘naltirilganligi falsafaning sabab va oqibat, mohiyat va hodisa kategoriyalari vositasida ochib berilgan;
manfaatdor sub’ektlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy institutlar)ning yoshlar dunyoqarashini o‘zgartirishda foydalanadigan destruktiv (vayronkor) manipulyasiya texnologiyalari (manipulyator, jamoasi, uslubi, vositalari)  ishonarli fakt va argumentlar yordamida isbotlangan;
ma’naviy-ruhiy manipulyasiya natijasida O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashida sodir bo‘lgan negativ o‘zgarishlar (ishtiyoqsizlik, g‘arbona bilimga moyillik, o‘zga e’tiqodlarga beriluvchanlik, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, milliy xulq-atvor normalariga bo‘ysunmaslik) real voqelikdagi vizual kuzatish vositasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ma’naviy-ruhiy manipulyasiyaning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy falsafiy takliflar asosida: ma’naviy-ruhiy manipulyasiya inson ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos tipi ekanligi, uning asosiy atributlari (maqsadning oshkor qilinmasligi, maxfiy holda amalga oshirilishi, aldov yoki majburlash texnologiyalari bilan bog‘liqligi)ga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati “Yuksalish” axborot-maslahat resurs markazining 2018 yilga mo‘ljallangan  “Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy savodxonlikni oshirish” mavzusidagi  №ST.0914 raqamli grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati “Yuksalish” axborot maslahat resurs markazining 2019 yil 22 oktyabrdagi  68-son ma’lumotnomasi). Bu esa, mazkur grant rejasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
ma’naviy-ruhiy manipulyasiyaning individual, jamoaviy va ommaviy shakllari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-mafkuraviy maqsadlarga yo‘naltirilganligi falsafaning sabab va oqibat, mohiyat va hodisa kategoriyalari vositasida ochib berilganliga doir xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2018 yil noyabr` – 2019 yil fevral oylarida o‘tkazilgan  “Yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy muhit, qadriyatlar va hayotiy maqsadlar shakllanishi masalasi: muammo va echim” mavzusida kompleks sotsiologik tadqiqot dasturini ishlab chiqish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2019 yil 3 oktyabrdagi 03/1452-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashini ma’naviy-ruhiy manipulyasiyadan himoya qilish mexanizmini vujudga keltirish choralariga xizmat qilgan; 
manfaatdor sub’ektlarning yoshlar dunyoqarashini o‘zgartirishda foydalanadigan destruktiv (vayronkor) manipulyasiya texnologiyasi ishonarli fakt va argumentlar yordamida isbotlanganliga oid nazariy-amaliy taklif va tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining yoshlarga bag‘ishlangan va 2019 yil 23 avgust kuni efirga uzatilgan “Mulohaza” nomli teleko‘rsatuv hamda 2019 yil 26 avgust kuni efirga uzatilgan “Bilimli avlod-yurt kelajagi” mavzusidagi radioeshittirishni dastur ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 125-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashini ma’naviy-ruhiy manipulyasiyadan himoyalash tadbirlarini amalga oshirishga xizmat qilgan;
ma’naviy-ruhiy manipulyasiya natijasida O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashida sodir bo‘lgan negativ o‘zgarishlar yuzaga kelganligiga doir taklif-tavsiyalari, konstruktiv ilmiy asoslangan xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan amalga oshirilgan – “Yoshlar masalalari bilan bog‘liq 70 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda”, “Yoshlar va qonun” nomli huquqiy tanlov Konsepsiyasini hamda “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizim samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollari” kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 4 oktyabrdagi 04-03/4562-son ma’lumotnomasi). Bu esa, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bosh maqsadini amalga oshirishda nazariy jihatdan ilmiy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish