Djusupov Nursultan Maxanbet o‘g‘lining
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tilidagi badiiy matnda ilgari surish vositalarining kognitiv-stilistik asoslari», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Fil156.
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Dilyaram Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Larina Tat`yana Viktorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilidagi badiiy matn materiali asosida ilgari surish vositalarining yuzaga kelishi va ularning matnda voqelanishining o‘ziga xosligini belgilovchi turli attraktiv (jozibador) xususiyatlar, kognitiv jarayonlar, bilim strukturalari hamda funksional belgilar majmuini aniqlash orqali ilgari surish vositalarining kognitiv-stilistik asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilgari surish hodisasini til vositalari individual-mualliflik modifikatsiyasi va bilim strukturalari integratsiyasi asosida badiiy matnda axborotni lisoniy hamda mental ifodalashning o‘zaro ta’siriga xos xususiyatlarni  aks ettiruvchi ko‘p qirrali kognitiv-stilistik hosila majmuaviy mexanizm sifatida asoslangan;
ilk bor ingliz tilidagi badiiy matn materiallari misolida ilgari surish vositalarini kognitiv-stilistik tahlil qilishning attraktiv (jozibador), konseptual-mazmuniy va funksional xususiyatlarini ochib berishga yo‘naltirilgan  majmuaviy metodikasi ishlab chiqilgan; 
yaxlit holda ingliz tilidagi badiiy matnda ilgari surish vositalari (lisoniy deviatsiyalar va parallelizmlar)ning shakllanish va amal qilishdagi o‘ziga xosligini, umumiy ajratilganlik xususiyatini belgilovchi turli ilgari surish usul va mexanizmlarining kontekst bilan bog‘liq stilistik belgilari aniqlangan; 
ilgari surishga matnda muayyan mazmunning shakllanishi, axborotning modifikatsiyalangan reprezentatsiyasi va adresatga kommunikativ-pragmatik ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan muhim sub’ektiv shartlangan kognitiv-stilistik mexanizm sifatida funksional yuklanganlik jarayonining lingvistik va ekstralingvistik jihatlari aniqlangan; 
ilgari surish vositalarining tashqi o‘ziga xos attraktiv (jozibador), konseptual xususiyatlari va funksional tavsiflarining o‘zaro aloqadorligini ifodalovchi kognitiv-stilistik  imkoniyati asoslangan;
badiiy asar sarlavhasini kognitiv-stilistik tahlil qilishning konseptual-mazmuniy strukturadagi komponentlarni ifodalashga xizmat qiladigan ilgari surish vositalarini aniqlash va tavsiflashga asoslangan uch bosqichli (matndan oldingi, matn ichidagi va matndan keyingi bosqichlardan iborat) majmuaviy modeli ilk marta ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3615-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur loyihani amalga oshirishda zamonaviy tilshunoslikning ilmiy bilishga doir yetakchi paradigmalari, so‘zning badiiy matndagi lingvokognitiv tahlili, kognitiv stilistika rivojining muhim kognitiv tamoyillari haqidagi nazariy va amaliy qarashlardan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi turli tizimli tillarda leksik birliklarni yanada chuqurroq tahlil qilishga, grammatik va leksik-semantik vositalarning matndagi derivatsion o‘ziga xosliklarini aniqlash, shuningdek, ularni qiyosiy-tipologik yondashuv asosida maxsus o‘rganishga xizmat qilgan;
I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3615-sonli ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida lingvistik tahlilning innovatsion metodlari, zamonaviy stilistikaning nazariy va amaliy masalalari, matnda ilgari surish strategiyasini amalga oshirishning o‘ziga xosligi hamda uni lingvokognitiv yondashuv asosida o‘rganish haqidagi nazariy va amaliy ma’lumotlardan foydalanilgan. Natijada, tadqiqot materiallarining qo‘llanilishi zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari va tahlil metodlarini batafsilroq o‘rganish, ingliz tili nazariyasi asoslari bo‘yicha virtual resurslar (elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari)ning mazmunini boyitishga zamin yaratgan; 
ITD-1, A-1-209 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv  nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv ko‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3615-sonli ma’lumotnomasi). Loyihada kognitiv stilistikaning nazariy asoslarini tahlil qilish va tavsiflash, ilgari surish strategiyasi va tipologiyasi (lisoniy deviatsiyalar va parallelizmlar), mental jarayonlar va bilish strukturalarining matnda ifodalanishi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar faol ishlatilgan. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi kognitiv tilshunoslik va ilgari surish nazariyasining muhim muammolarini chuqur va atroflicha o‘rganish, matn lingvistikasi, kognitiv lingvistika va badiiy matn stilistikasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarining mazmunini boyitish imkonini bergan; 
OT-A1-018 raqamli ITD-1-07 “Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-stilistik majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3615-sonli ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida stilistik vositalarning lingvokognitiv tahlil metodlari, lingvostilistikaning nazariy va amaliy aspektlari, zamonaviy lingvistikaning ustuvor yo‘nalishlari rivoji o‘ziga xosliklari haqidagi ma’lumotlar keng qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi tilshunoslik asoslari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar mazmunini tilshunoslik fanining zamonaviy bosqichdagi asosiy rivojlanish tendensiya va tamoyillari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan; 
OT-A1 -018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan  bog‘liq  elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3615-sonli ma’lumotnomasi). Bunda leksik birliklarni o‘rganishning antropotsentrik va fanlararo xarakteri, ularni tizimli tahlil qilish va tavsiflashning kognitiv-stilistik aspekti haqidagi materiallardan samarali foydalanilgan. Dissertatsion tadqiqot natijalarining joriy etilishi loyiha doirasida tuzilgan ko‘p tilli lug‘atlarning mazmunini boyitish va takomillashtirishga xizmat qilgan; 
A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3615-sonli ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida zamonaviy lingvistika va matn stilistikasi, xususan, kognitiv stilistika va ilgari surish nazariyasi taraqqiyoti (kognitiv stilistika rivojining asosiy omillari, matnda ilgari surish vositalari va tiplari, ularning mental jarayonlar hamda bilish strukturalari)ning o‘ziga xosligi haqidagi alohida nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar samarali qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi zamonaviy tilshunoslikning ustuvor tendensiyalari, yo‘nalishlari va rivojlanish tamoyillariga muvofiq audiokitoblar mazmuni takomillashgani va boyiganligidan dalolat beradi; 
dissertatsion tadqiqot materiallari va natijalaridan Project Tempus 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University “Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” (National Erasmus+ Office – Uzbekistan Per. 2019 yil 28 dekabrdagi NEO – 192 raqamli  ma’lumotnomasi) loyihasini amalga oshirishda, xususan, English Language Improvement, Foreign Language Teaching Methodology o‘quv modellarini ishlab chiqish jarayonida, lingvistik OTM tomonidan magistrlar uchun dasturlarni joriy qilishda foydalanilgan. Tadqiqot materiallari va natijalarining qo‘llanilishi ilgari surish vositalarini lisoniy innovatsiyalar generatorlari sifatida kengroq tavsiflashni ta’minlagan va shu orqali OTMda ingliz tiliga kasbiy-yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va takomillashtirishga zamin yaratgan;
dissertatsion tadqiqot natijalari va ingliz tilidagi badiiy asarlarning stilistik o‘ziga xosliklarini tahlil qilish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» telekanalida «Assalom, O‘zbekiston!» va «Tilga e’tibor» teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2019 yil 8 oktyabrdagi 02-13-2479-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsion tadqiqot ilmiy natijalarining joriy qilinishi teleko‘rsatuvlar ssenariysining samarali yozilishiga va ularning umumilmiy, ma’naviy-ma’rifiy mazmun bilan boyitilishiga zamin yaratgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish