Kenjaev Avaz Latipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «A.S.Pushkin romantik poemalari o‘zbek tilida (tarjimada lingvopoetik tahlil masalasi)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil 335.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Muhammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori; Shirinova Raima Hakimovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: A.S.Pushkinning romantik poemalarini (“Kavkaz asiri”, ”Boqchasaroy fontani”, “Suv parisi” “Baliqchi va baliq haqida ertak”, “Oltin xo‘roz haqida ertak”) o‘zbek tiliga qilingan tarjimalarining lingvopoetik tahlilini amalga oshirish va bu tarjimalarni tarixiy-qiyosiy planda o‘rganish, asliyat poetikasini o‘zbek tiliga tarjimada saqlash muammosini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq va talqin etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dissertatsiyada A.S.Pushkin romantik poemalarining o‘zbek tiliga tarjimalari zamonaviy o‘zbek nazariy adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlar doirasida o‘rganib chiqilgan;
o‘zbek shoir-tarjimonlari Ali Asqar Kalinen, Mirtemir (“Baliqchi va baliq haqida ertak”), Hamid Olimjon (“Kavkaz asiri”, “Suv parisi”), Usmon Nosir, Hamid G‘ulom (“Boqchasaroy fontani”), Ramz Bobojonlarning (“Oltin xo‘roz haqida ertak”) tarjimalari lingvopoetik jihatdan tahlil etilgan;
tahlil jarayonida romantizm uslubiga xos tabiat va shaxsning romantik olami, ehtiroslari, shodonligi va qayg‘u-hasratlari, ruhiyatning yashirin qatlamlari, hayratomuz hodisalar tarjimalarda qay tarzda qayta yaratilganligi kuzatilgan;
mavzu doirasida A.S.Pushkinning ingliz shoiri Jon Mil`ton haqidagi maqolasi, Amerika romantik adibi Vashington Irvingning “Arab munajjimi rivoyati” novellasi, Prosper Merimening “Aleksandr Pushkin” maqolasi birinchi marta o‘zbek adabiyotshunosligida ilmiy muomalaga kiritilgan;
she’riy asarning adekvat va ekviritmik (muqobil vazndagi) variantlarini yaratish uchun tarjimondan yorqin shoirona qobiliyat talab etilishi ochib berilgan;
Pushkin romantik poemalari tarjimalari amaliyotining evolyusion taraqqiyoti davomidagi yutuq va kamchiliklar yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
A.S.Pushkin romantik poemalarining o‘zbek tiliga qilingan tarjimalarini lingvopoetik jihatdan tahlil etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiya tadqiqoti natijalaridan, xususan A.S.Pushkin “Baliqchi va baliq haqida ertak”, “Oltin xo‘roz haqida ertak” ertak-poemalari va “Suv parisi”, “Kavkaz asiri”, “Boqchasaroy fontani” romantik poemalarini o‘zbek tiliga qilingan tarjimalarining lingvistik hamda poetik tahliliga doir materiallardan O‘zbekiston rus madaniy markazi tomonidan rus tili fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish yuzasidan tashkil etilgan ilmiy seminar davomida foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniy markazining 2019 yil 20 dekabrdagi 02-210-son ma’lumotnomasi). Olingan amaliy natijalar tinglovchilarda rus va o‘zbek badiiy adabiyoti lingvomadaniy aloqalari rivojining umumiy qonuniyatlariga nisbatan yangicha qarashlar shakllanishida mustahkam poydevor vazifasini o‘tashga xizmat qilgan;
Sharq va Evropa sivilizatsiyalari o‘rtasidagi dialogning, shuningdek, rus romantizm adabiyotining yorqin vakili A.S.Pushkinning romantizm uslubidagi asarlarini o‘zbek tiliga qilingan tarjimalarini lingvopoetik tahlilining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga oid xulosalardan OT-F1-69 “Sankt-Peterburg qo‘lyozmalar instituti va TDShI huzuridagi Sharq qo‘lyozmalar markazida saqlanayotgan Xorazm adabiy manbalarining kompleks tadqiqi” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-801-son ma’lumotnomasi). Natijada, A.S.Pushkin romantik poemalarini o‘zbekcha tarjimalarining lingvopoetik tahlili orqali tarixiy sharoit va adabiy hayotda madaniyatlararo dialog masalalarini yoritishga ma’lum darajada xizmat qilgan;
A.S.Pushkin romantik poemalari (“Kavkaz asiri”, “Suv parisi”, “Boqchasaroy fontani” asarlari, “Baliqchi va baliq haqida ertak”, “Oltin xo‘roz haqida ertak” ertak-poemalari) ning Ali Asqar Kalinen, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Mirtemir, Hamid G‘ulom, Ramz Bobojon kabi shoir-tarjimonlar tomonidan amalga oshirilgan tarjimalarining lingvopoetik tahlili bo‘yicha olingan xulosalar I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-801-son ma’lumotnomasi). Natijada, lingvopoetik tahlil xulosalari “Tarjimashunoslikka kirish”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Badiiy tarjima”, “Adabiyotshunoslik”, “Adabiyot nazariyasi” kabi fanlarning nazariy hamda amaliy masalalarini boyitishga asos bo‘lgan;
asliyat va tarjima matnlarning tarixiy-qiyosiy, qiyosiy-tipologik, lingvistik va poetik tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “Adabiyot darsi” ma’rifiy-badiiy dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 06 yanvar` 2020 yildagi 01-08/14-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitishga imkon yaratgan.