To‘xtaev Xusen Mirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloqda farovon hayot barpo etishning moddiy va ma’naviy omillarini uyg‘un rivojlantirish qonuniyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fal136.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Hakim Nazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloqda farovon hayot barpo etishning moddiy va ma’naviy omillarini uyg‘un rivojlantirish qonuniyatlarini ochib berish va takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloqda farovon hayot barpo etishning moddiy va ma’naviy omili qishloq aholisi ma’naviy ehtiyojlarini o‘sib borish qonuni bilan o‘zaro dialektik bog‘liqligi falsafaning atributiv kategoriyalari (mazmun va shakl, butun va qism) vositasida asoslangan;
qishloqda farovon hayot barpo etishning moddiy va ma’naviy omillarini uyg‘un rivojlantirishda aholi, ayniqsa yoshlarning daxldorlik hissini shakllantirish va uning botiniy (ichki ruhiy-ma’naviy), zoxiriy (tashqi), pragmatik (amaliy) singari shakllari mantiqiy asoslangan;
“aqlli (intelektual) qishloq uyi”, “aqlli qishloq”, “agrotexnopark” konsepsiyalari qishloqda farovon hayot barpo etishning moddiy va ma’naviy omillarini uyg‘un rivojlantirishning asosiy innovatsion vositasi ekanligi isbotlangan;
qishloqda farovon hayot barpo etishda moddiy va ma’naviy omillarni uyg‘un rivojlantirishning asosiy usuli sifatida ”Agro klaster”larning ontologik va gnoseologik tabiati “Agroklaster”, “Agrotashabbus”, “Agrosiyosat”, “Agroturizm” tushunchalari nuqtai nazardan ilmiy jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida qishloqdagi moddiy va ma’naviy hayot omillarini uyg‘un rivojlantirish dialektikasini tadqiq etish asosida:
“qishloqda farovon hayot barpo etish”, “qishloqda farovon hayot barpo etishning moddiy omili”, “qishloqda farovon hayot barpo etishning ma’naviy omili”, “qishloq aholisi ma’naviy ehtiyojlarining o‘sib borishi qonuni” tushunchalariga ijtimoiy-falsafaning kategoriyalari sifatida yondashuviga oid taklif va tavsiyalardan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat kesimida o‘tkazilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla”larda obodonchilik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan “Aqlli uy” va “Tomorqa madaniyati – farovon hayot manbai” mavzusidagi tadbirlar dasturi sseynarisini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlashda amaliy jihatdan foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining 2019 yil 19 noyabrdagi 02-03/802-son ma’lumotnomasi). Bu esa qishloqda farovon hayot barpo etishning moddiy va ma’naviy omillarini uyg‘un rivojlantirishga nisbatan ilgari surilgan falsafiy g‘oyalar, ilmiy va amaliy ishlanmalar, sotsiologik so‘rovlar natijalari, bildirilgan taklif va tavsiyalari qishloq fuqarolar yig‘ini aholisining milliy yuksalish davrida iqtisodiy, innovatsion, falsafiy tafakkurini shakllantirishga va qishloqlarda tez fursatlarda farovon hayot bunyod etishning moddiy va ma’naviy asoslarini uyg‘un rivojlanish ishlarini amalga oshirish va ularning echimlarini topishga amaliy jihatdan xizmat qilgan;
qishloqda farovon hayot barpo etishda aholi, ayniqsa yoshlarning qalbida dahldorlik hissini shakllantirish va bunyodkorlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish zarurligi singari mezonlar asosida asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi tomonidan 2019 yil iyul` va avgust oylarida o‘tkazilgan “Qishloq quruvchisi - fidokor, mehnatkash inson” va “Fidoyi yoshlar otryadlari” kabi dasturlar ssenariylarini tayyorlashda va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 20 noyabrdagi 04-13/5239-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining, jumladan yoshlar qalbida obodlik, farovonlik, bunyodkorlik, mehnatsevarlik va dahldorlik hissini yanada oshirishga xizmat qilgan;
qishloqda farovon hayot barpo etishda moddiy va ma’naviy omillarni uyg‘un rivojlantirishning asosiy innovatsion vositasi sifatida ishlab chiqilayotgan “Aqlli va raqamli qishloq konsepsiyasi bo‘yicha yo‘nalishlar, uning tashkiliy asoslari, infrastrukturasi sifatida “Aqlli intelektual uy”, “Aqlli qishloq”, “Agrotexnopark” tizmini shakllantirish mexanizmlari borasidagi taklif va tavsiyalaridan “Ijtimoiy muammolarni hal etishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” nomli 57-11/78 raqamli loyiha ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 15 oktyabrdagi 29-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, aholi farovonligini ta’minlashda turli sohalarni innovatsion rivojlantirishda ustuvor ahamiyat berish kerak bo‘lgan vazifalarni aniqlab olishga xizmat qilgan;
“Agroklaster” kabi tushunchaga berilgan falsafiy ta’rif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari Qo‘mitasining klaster sohasidagi munosabatlarni tashkiliy va huquqiy asoslarini tartibga solishga yo‘naltirilgan “Klaster to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari Qo‘mitasining 2019 yil 19 noyabrdagi 04/4-05-165-son ma’lumotnomasi). Bu o‘z navbatida, qishloq aholisining farovon hayotlari uchun falsafiy asos sifatida xizmat qilgan.