Xakimov Erkin Abdixaliloviching
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromini profilaktikasi va davolash afzalligini baholash”, 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Tib206. 
Ilmiy maslaxatchi: Karabaev Xudoyberdi Karabaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali va Samarqand davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc./0430.12.2019.Tib.63.01. 
Rasmiy opponentlar: Zinov`ev Evgeniy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sobirov Djuraboy Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poliorgan etishmovchiligi sindromini profilaktikasi va koreksiyalash orqali kuyish kasalligi bilan jabrlangan bemorlarda davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kuyish kasalligi kechishini kompleks tahlili qilish asosida, kuyish kasalligi davrlariga xos bo‘lgan POE va gomeostaz buzilishlarining bir qancha ob’ektiv mezonlari va uni me`yorlashtirishda infuzion-transfuzion terapiyaning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
o‘tkazilgan klinik va laborator tekshirish natijalari asosida kristalloid, kolloid va tuzsiz eritmalar nisbati hisobga olingan holda muhitning optimallashgan miqdoriy va sifat tarkibi ko‘zda tutilgan patogentik asoslangan intensiv transfuzion terapiya sxemasi taqdim etilgan;
og‘ir kuygan bemorlarda me’da-ichak trakti o‘tkir yarasi va eroziyalari kelib chiqishida yallig‘lanishga tizimli javob sindromi ahamiyati aniqlangan;
nutritiv-metabolik quvvatni samaradorligini oshirish maqsadida, uglevod va yog‘lar tarkibi kamaytirilgan enteral aralashmalar, energetik ta’minot va energoplastik ta’minot uchun oqsillar tarkibini ko‘tarish, bundan tashqari jigar metabolizmini yaxshilash uchun aminokislota preparatlaridan boshlash asoslangan;
POE sindromi kelib chiqishini oldini olishda, infeksion asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishda erta xirurgik davoni qo‘llashning yuqori samaradorligi isbotlangan;
kuyish kasalligini proflaktikasi va davolashda samaradorligi patogenetik asoslangan kompleks dastur ishlab chiqildi, bunga kuyish kasalligi kechishini korrektirovkalash (tuzatish) va poliorgan etishmovchiligi sindromi kelib chiqishini oldini olishga imkon beruvchi faol xirurgik yondoshuv, nutritiv va organoprotektorli terapiya asoslangan; 
kuyish shoki og‘irligini baholash «OJOG-T» va kuyish shoki darajalarini hisoblash «Grad-2» informativ hisoblash ko‘rsatgichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromi diagnostikasi, davolash va profilaktikasini baxolash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Og‘ir kuygan bemorlarda me’da-ichak trakti funksiyasi buzilishilari» va «Kuyish kasalligida gemostaz tizimi buzilishlari» uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi (Sog‘liqni saqlash vaziriligining 2019 yil 24 aprel №8 n-d/88-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromi davolash va profilaktikasida samadorlik imkonini bergan;
Og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromini profilaktikasi va davolash usullarini yaxshilash buyicha dissertatsiyasi ishida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo va Jizzax filiali kombustiologiya bulimlariga kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash Vaziriligi xulosasi 2019 yil 24 apreldagi №8 n-d/88-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy kilinishi og‘ir kuygan bemorlarda erta nekrektomiya va bir vaqtda autodermoplastikani qo‘llash POE ko‘rsatgichini 94,2% dan 60,9% gacha pasaytirishga, o‘limni 27,47% dan 19,39% gacha kamayishiga imkon bergan va bemorlarning kasalxonada bo‘lish davomiyligini 11,2 kunga kiskarishi imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish