Bazarbaev Raximnazar Djumanazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovet hokimiyatining 1917-1941 yillarda Qoraqalpog‘istondagi kadrlar siyosati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.4.DSc/Tar99.
Ilmiy rahbar: Koshhanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nodira Raxmonovna, tarix fanlari doktori, professor; Xayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori; Babadjanova Dilorom Babadjanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sovet hokimiyatining 1917-1941 yillarda Qoraqalpog‘istondagi kadrlar siyosatini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston avtonom oblastining hokimiyat organlari 1925 yilning noyabr` oyi boshlarida batamom shakllanib bo‘lganligi, Qoraqalpog‘iston avtonom oblastida uch guruh - birinchi guruh mahalliy millatlar (qoraqalpoqlar, o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar) orasidan ko‘plab shaxslarning yuqoriga lavozimlarga ko‘tarilish jarayoni natijasida tarkib topganligi, ikkinchi guruh boshqa mintaqalardan kelgan, aksariyati evropaliklardan (ruslar, tatarlar), uchinchi guruh “erkin va erksizlar”dan, asosan partiyasizlar, turli soha vakillari hamda muassasa va tashkilotlarning texnik xodimlari, surgun qilinganlardan iborat rahbarlar tarkibi shakllanganligi isbotlangan;
Qoraqalpog‘istonning partiya-davlat va xo‘jalik apparatiga ishchi va dehqon kadrlarni rahbarlik va mas’ul lavozimlarga ko‘tarish siyosati “Ovul va qishloqlarni sovetlashtirish” kampaniyasi bilan, sovet va partiya apparatini “yangilash”ning zarurati bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi, shu yo‘l bilan bol`sheviklarning joylardagi partiya va sovet ma’muriyatini mustahkamlashga yo‘naltirilgan siyosati aniqlangan;
Sovet hokimiyati kadrlar siyosatida XX asrning 20-30 yillarida o‘z nomenklaturasini vujudga keltirishi natijasida sovet, xo‘jalik apparatining uyg‘unlashishi yuz berib, nomenklatura mexanizmi tufayli davlat apparatining rahbarlar tarkibini jiddiy o‘zgartirishga erishildi, hokimiyatning amalda monopolizatsiyalashuvi, jipslashgan mexnizmning shakllanishi ko‘lamli kadrlar almashinuviga sharoit yaratganligi isbotlangan;
1924-1936 yillar Qoraqalpogistonda lavozimlarga qo‘llab-quvvatlash siyosiy harakatlar rivojlanishining avjiga chiqqan davri bo‘lib, u ommaviy–kampaniyaviy xarakterdagi harakatlardan boshlanib, reja asosidagi muntazam ravishdagi ishlar bir necha bosqichda bo‘lib o‘tganligi, lavozimlarga qo‘llab-quvvatlash jarayonida alohida e’tibor ijtimoiy kelib chiqishga karatilganligi ochib berilgan;
partiyaviy tozalash ishlari totalitar tuzumning qatag‘onlik siyosatining ajralmas kismi ekanligi, sanoat va qishloq xo‘jaligida kadrlarni maqsadli va tizimli tayyorlash asosida kommunistik mafkura yotganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘istonda sovet hukumatining kadrlar siyosatini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar, sovetlar boshchiligidagi Amudaryo oblast` hokimiyati apparati ma’lum bir shaklga kirib, mustahkamlanib borishi, uning kadrlar masalasiga ko‘rsatgan ta’siri haqidagi natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘lkashunoslik muzeyi yangi tarixining eksponatlar bo‘limini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Shon-sharaf muzeyi» yangi tarix eksponatlar bo‘limini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 27 dekabrdagi 2-04/1468-son ma’lumotnomasi). Bu materiallar sovet, partiya, harbiy, madaniy, xo‘jalik kadrlari masalalar tarixining kam o‘rganilgan jihatlarini to‘ldirdi hamda muzeyga tashrif buyuruvchilarda qoraqalpoq xalqi tarixini yaqindan bilishga imkon bergan;
Xorazm Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining Tag‘an Abdullaev rahbarligidagi Qozoq-Qoraqalpoq bo‘limi asosida 1925 yil fevral` oyida Qoraqalpoq avtonom oblastining tashkil etilishi, uning Qozog‘iston ASSR tarkibiga kiritilishi, respublikada kadrlar tanqisligi, bu borada sovet hukumatining siyosati okrug apparatini kuchaytirish maqsadida ijroiya qo‘mita raisi, tashkiliy ishlar bo‘limi mudirlarini rus yoki tatar millatiga mansub bo‘lgan kishilardan tayinlash kabi natijalardan «Sovetlarning kadrlar siyosati mustaqillik nazarida» nomli hujjatli fil`mida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat televidenie qo‘mitasining 2019 yil 31 yanvardagi 01-02/35-son ma’lumotnomasi). Unda tomoshabinlarga Qoraqalpog‘istonda sovet hukumatining kadrlar siyosati yoritilgan bo‘lib, fil`mda kadrlar siyosati borasida mahalliy xalq manfaatlari inkor qilinganligi haqida ma’lumotlar berilgan;
Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti hokimiyat tashkilotlarining shakllanishi, avtonom oblastda mahalliy millat - qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq, turkmanlardan, boshqa mintaqalardan kelgan rus, tatarlardan iborat, “erkin va erksizlar”dan, asosan partiyasizlar, turli soha vakillari hamda muassasa va tashkilotlarning texnik xodimlari, surgun qilinganlardan iborat rahbarlar uch guruhi shakllanganligi haqidagi ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Badiiy Kengashining «Qoraqalpog‘istonda sovet hukumati kadrlar siyosati (1917-1941 yy.)» mavzusida radioeshitirishni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat televidenie qo‘mitasining 2017 yil 12 sentyabrdagi 01-02/376-son ma’lumotnomasi). Bunda tashqari ilgari tadqiq etilmagan, sovet partiya kadrlarini tayyorlash bo‘yicha ko‘lamli materiallar ilk bor arxiv ma’lumotlari asosida ilmiy muomalaga kiritildi, radioeshittirishda totalitar tuzum tomonidan Qoraqalpog‘istonning milliy kadrlarga qarshi amalga oshirilgan qatag‘on siyosati ko‘rsatib berilgan;
Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibida bo‘lganligi, qoraqalpoq va o‘zbek xalqlari manfaatining hamohangligi, ko‘p asrlik qon-qardoshlik rishtalari, yagona tarix va madaniyatga egaligi, sovet davlati hukmronligi yillarida Qoraqalpog‘istonga desant kadrlarning tashlanishi, uning o‘lka siyosiy-madaniy turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi haqidagi natijalardan “Milliy tiklanish” xalq demokratik partiyasi shafeligida o‘tkazilgan “Milliy kadrlarga munosabat: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy seminarda foydalanildi. Tadbirda “Milliy kadrlarning tayyorlanish tarixi”, “Totalitarizm davrida milliy kadrlarga munosabat”, “Milliy kadrlarga nisbatan qatag‘on” mavzulari ochib berilgan (“Milliy tiklanish” xalq demokratik partiyasining 2017 yil 16 oktyabrdagi 415-son ma’lumotnomasi). Bu tadbir qatnashchilariga mamlakat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun hokimiyat organlari faoliyati va siyosatiga oid tarixiy ma’lumotlarni olishda ko‘maklashdi;
Sovet hokimiyatining 1920-1930 yillardagi ommaviy tozalash siyosati, Qoraqalpog‘iston avtonom oblastida Sovetlar asosan boylar, eshonlar, mullalar qo‘l ostida, quyi sovet apparatiga aksariyat hollarda ijtimoiy yot va zararli unsurlar aralashganligi, bu davrda davlat apparatini milliylashtirish masalasida apparatning etarli baho bermaganligi haqidagi natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish uyushmalari bo‘yicha muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan Nukus shahri fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan «Kadrlar tayyorlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish uyushmalarining roli» mavzusidagi seminarda foydalanildi. Unda «Mahalla – demokratiya maktabi», «Mahallada oqsoqollarning roli», «Sovet hukumati davrida xalq fikrining inkor etilishi» masalalari ochib berildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish uyushmalari bo‘yicha muvofiqlashtirish Kengashining 2017 yil 16 oktyabrdagi 01-01/63-son ma’lumotnomasi). Bu ishtirokchilar, yoshlarni milliy mustaqillik g‘oyasi, qoraqalpoq xalqining sovet davlati hukmronligi yillaridagi milliy kadrlarga bo‘lgan munosabatini chuqur bilib olishda muhim ahamiyat kasb etgan.