Bekkulov Batirali Raxmankulovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sholi quritish qurilmasining konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T371.
Ilmiy rahbar: Aliev Rayimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori; Rosaboev Abduqodir To‘xtaqo‘zievich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholini kam energiya sarflab, sifatli quritishni ta’minlaydigan barabanli quritish qurilmasining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sholi quritish uchun ixcham energiya va resurstejamkorlikni ta’minlaydigan barabanli quritish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
quritish barabanidagi sholi uyumining harakatini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar uning og‘irlik markazining kinematik parametrlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
sholi quritish qurilmasining texnologik, konstruktiv va energetik parametrlari uning davriy ishlashi va barabanning sig‘imidan kelib chiqqan holda asoslangan;
sholi quritish qurilmasining maqbul konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari uning ish sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga bog‘liq ravishda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sholi quritish qurilmasining konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sholi quritish texnologik jarayoni uchun barabanli qurilmaning texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Ustroystvo dlya sushki zernovix produktov», №FAR 01403 – 2019 y.). Natijada sholi uchun barabanli quritish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan sholi quritish qurilmasi Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Teshaboy ishonchi” va “Durdona Saida umidi” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 24 iyuldagi 02/021-1346-son ma’lumotnomasi). Natijada qurilmaning elektr energiyasi iste’moli 4,5 kVt∙soat bo‘lganda sholi quritish samaradorligini tabiiy usulda quritishga nisbatan 3 marta oshirishga erishilgan;
sholi quritish qurilmasi Andijon viloyatidagi “Xamidjon ishonchi” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 24 iyuldagi 02/021-1346-son ma’lumotnomasi). Natijada quritilgan sholiga mexanik ishlov berish bilan tabiiy usulda quritilgan sholidan 98 kg guruch, qurilmada quritilgan sholidan 102 kg guruch olish imkoniyati yaratilgan.