Mirzadjanov Baxtiyor Tulkunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda covet hokimiyatining  kadrlar siyosati (1917-1924 yy.)”,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar25.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Qaxramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston boshqaruv tizimida sovet hoki-miyatining kadrlar siyosati mexanizmini shakllantirishi va rivojlantirishi, mahalliy aholidan kadrlar jalb qilish masalasi va ushbu siyosatning 1917–1924 yillarda mintaqaning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’sirini o‘rganishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
sobiq sovet hokimiyati va uning vakillarini Turkiston mahalliy xalqlari vakillaridan bo‘lgan kadrlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lganligi, jumladan, ularni 1917–1924 yillarda partiya va sovet rahbarlik tizimiga jalb qilish masalalarida noxolis ravishda kadrlar siyosati yuritilganligi, bu esa hokimiyat vakillarida “buyuk davlatchilik shovinistik” kayfiyatining saqlanib qolishi natijasi ekanligi aniqlangan; 
“mahalliylashtirish” siyosatining Turkiston davlat organlari va muassasalari kadrlar tarkibining o‘zgarishiga ta’siri jarayonida qat’iy sinfiylik tamoyillaridan kelib chiqqan holda, xodimlarni kompleks tavsiflash, yangi hokimiyat tarkibiga, ularning sadoqatlilik darajasiga ko‘ra mahalliy aholi orasidan tanlab olishning asosiy talablari va ko‘rsatmalari bo‘yicha ish olib borilganligi ochib berilgan;
Turkistonni Markazga, “kadrlar harakati”ni esa partiya tuzilmalariga yanada bo‘ysunishiga olib kelgan «kadrlar yordami» va “kadrlar safarbarligi”ning mazmun-mohiyati ochib berilishi barobarida  kadrlarni hisobga olish mexanizmi, rahbar kadrlar nomenklaturasining shakllantirilishi mavjud hukumatning pozisiyalarini mustahkamlashga imkon yaratganligi ochib berilgan; 
kommunistik universitetlarni harbiylashtirilgan tashkilotlar sifatida, ushbu universitet talabalarini esa maxsus maqsadli qismlar (MMQ) xodimlari sifatida, ularning oilalarini esa qizil armiya vakillari oilalari bilan teng darajada ta’minlanishi kadrlar siyosatida o‘ziga xos boshqaruvning joriy etilishiga  olib kelganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turkistonda sovet hokimiyatining kadrlar siyosati masalasini o‘rganish jarayonida 1917–1924 yillarda ilmiy xulosalar va tavsiyalar quyidagi tarzda joriy etildi:
arxiv materiallari tahlili, Turkiston boshqaruv organlari tizimi kadrlarining statistik ma’lumotlari, ko‘rib chiqilayotgan davr davlat rahbarlarining shaxsiy fond va biografik ma’lumotlari negizida tuzilgan xulosalar asosida Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Sovet davri” bo‘limida “1917–1924 yillarda Turkiston ASSRda kadrlar masalasi, milliy rahbarlar va ularning taqdiri” mavzusida ko‘rgazma tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 01-11-08-7157-son ma’lumotnomasi). Bu esa Turkistonda sovet hokimiyatining kadrlar siyosati aks ettirilgan illyustratsiyalar, fotografik materiallar va arxiv hujjatlari asosida o‘lkaning o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida aks ettirish, muzeyda yangi ekspozisiyalar yaratish va ularni keng jamoatchilikka etkazish imkonini bergan;
dissertatsiya tadqiqotida ko‘rib chiqilgan xotin-qizlarning “ozodligi” va ularning kadrlar tayyorlash jarayonlariga jalb etilishi masalalari, 1917–1924 yillarda Turkiston oila institutiga xotin-qizlarni jalb qilish jarayonida yuz bergan o‘zgarishlarga oid qimmatli ma’lumotlar berildi. Ushbu ma’lumotlardan Namangan viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi (Namangan viloyati hokimligining 2019 yil 13 fevraldagi 07/34-437-son ma’lumotnomasi), O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi (O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 22 fevraldagi 05/295-19-son ma’lumotnomasi) va Namangan viloyati “Oila” markazi ishini tashkil etish va seminarlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Namangan viloyatining “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2019 yil 15 fevraldagi 49-son ma’lumotnomasi). Sohaga oid ilmiy konferensiyalar o‘tkazishda manba sifatida foydalanildi. Mavzuga oid ko‘plab ma’lumotlar Respublikamizning sovet davridagi xotin-qizlar tarixi bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berishi bilan birga kelgusidagi tadqiqot ishlariga ham muhim manba va asos bo‘lib xizmat qilgan; 
dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotlar Turkistonda sovet hokimiyatining kadrlar siyosatini amalga oshirishda turli xalqlar vakil-larining ishtiroki, o‘lka ta’lim muassasalarida milliy tarkibdan kelib chiqqan holda o‘rinlarning ajratilishi, tatar, boshqird va boshqa xalqlarning “Sharq ayollari” masalasida tutgan o‘rni, millatlararo munosabatlar va ta’limni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 18 martdagi 01-09-393-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangiliklardan foydalanish millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning yanada kuchayishiga xizmat qiladigan ilmiy yondashuvning takomillashishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, tadqiqotning tahliliy ilmiy xulosalari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida foydalanishga xizmat qilgan;
dissertatsiya natijalari asosida chop etilgan ilmiy ishlar, tayyorlangan taklif va tavsiyalardan 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishlarida “O‘zbekiston tarixi” va “O‘zbek davlatchiligi tarixi” fanlarini o‘qitish, hamda ushbu fanlardan ishchi o‘quv dasturlari va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda amaliy material sifatida foydalanib kelindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 martdagi 89-03-898-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot ishi natijalari “O‘zbekiston tarixi” va “O‘zbek davlatchiligi tarixi” fanlari mazmunini boyitish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish