Zulfiqarov Sherzod Xurramovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati faoliyatini takomillashtirish (qiyosiy-huquqiy tahlil)», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2019.1.DSc/Yu5.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor; To‘laganov Abdumannop Abdujabborovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Yakubov Shuxrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni kompleks tahlil qilish asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining xo‘jalik boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan himoyalanadigan manfaatlarini buzish hollari, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalarni kiritish tartibi asoslangan; 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ishga joylashishga doir kafolatlar berilishi, vakolatlari muddati tugagach, deputatga o‘zining roziligi bilan boshqa lavozimdagi ish berilishi zarurati ilmiy jihatdan  isbotlangan;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga  nomzodlar belgilangan ishonchli vakillarga ega bo‘lishi, ishonchli vakillarining safar xarajatlari davlat byudjetidan to‘lanishi, saylovoldi tashviqoti muddatining boshlanishi tartibi, nomzodlarning huquqiy kafolatlanishi zarurati asoslangan; 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati vakolatlari muddati tugaganligi yoki Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytgan taqdirda, mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi tartibi asoslangan;
Parlament so‘roviga, shuningdek, Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashishi, qo‘mitalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili ishtirok etishi lozimligi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Qonunini takomillashtirish zaruriyati bilan asoslangan;
Mualliflik yondashuvi asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining huquqiy maqomi tushunchasi tavsifi, davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlari orqali deputatlarning huquqiy maqomini guruhlarga ajratish tartibi, kafolatlar tizimini belgilash, parlament va deputat so‘rovlarining farqli jihatlarini aniqlash bilan bog‘liq xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan boyitilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining xo‘jalik boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning hayotga tadbiq etish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritishi,  fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzish holatlari talabi bilan xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishi,  mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida xo‘jalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunida (21-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2019 yil 8 maydagi 04-08-304-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar orqali parlament nazorati sub’ekti sifatida Qonunchilik palatasi deputatlari endilikda nafaqat davlat organlari, mansabdor shaxslarga, balki xo‘jalik boshqaruv organlariga ham o‘z vakolatlari doirasida taklif va tavsiyalar kiritishi bo‘yicha huquqiy asos sifatida xizmat qilgan;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  deputatlariga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ishga joylashishga doir kafolatlar berilishi,  vakolatlari muddati tugagach, deputatga o‘zining roziligi bilan boshqa lavozimdagi ish, shu jumladan, yuqoriroq lavozimdagi ish ham berilishi mumkinligi, korxona, muassasa, tashkilot qayta tashkil etilgan yoki xodimlari soni (shtati) o‘zgargan taqdirda deputatga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ilgarigi ish joyi bo‘yicha boshqa avvalgisiga teng lavozim berilishi kabi takliflar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda (16-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2019 yil 14 maydagi 04-08-319- son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining mehnat huquqi kafolatlarini ta’minlagan. Ya’ni,  vakolatlari tugagan deputatlarni ishga joylashtirish masalasi mazkur moddada o‘zining to‘la huquqiy echimini  topishiga xizmat qilgan;
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzodga besh nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishi, nomzodlar ishonchli vakillarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi safar xarajatlari saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan to‘lanishi, saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanishi, noto‘g‘ri axborotni, shuningdek, nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur etkazadigan ma’lumotlarni tarqatish ta’qiqlanishi, nomzodlarga qo‘yilgan talablar bo‘yicha takliflar  O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida  (43,44,71-moddalar) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 23 iyuldagi 496-2-son ma’lumotnomasi). Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar, nomzodlar tomonidan saylovoldi tashviqotini amalga oshirishda bir vaqtda boshlanishi, nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoyalash, nomzodlarga qo‘yilgan talablarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati vakolatlari muddati tugaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytgan taqdirda, mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 106-moddasining 2-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 06|1-05|848-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolat muddati tugagandan so‘ng, ularga zaruriy mehnat kafolatini huquqiy  ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga, shuningdek, Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashishi, qo‘mitalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkinligiga doir takliflar  “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Qonunda (12, 20-moddalar) o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi 2019 yil 19 sentyabrdagi 06|1-05|848-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar  Oliy  Majlisdagi vakolatli vakil parlament, deputat so‘rovlarining o‘z vaqtida hamda mazmunan asoslanlantirilgan javob berilishida hukumatning faoliyatiga yaqindan ko‘maklashishiga huquqiy echim sifatida xizmat qilgan;  
“Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati huquqiy maqomini takomillashtirish”ga doir konseptual g‘oya va takliflardan “Yurisprudensiya” yo‘nalishi talabalari uchun “Konstitutsiyaviy huquq” ( 2019y., 654-227 raqamli guvohnoma) darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, 654-227 raqamli guvohnoma). Natijada, ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar, magistrantlar, shuningdek, davlat hokimiyati vakillik organlari a’zolarining huquqiy bilimi, o‘quv va ilmiy ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish