Turg‘unov Oybek Karimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda saylov tizimining institusional (huquqiy) asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Yu31.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Davron Quvanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Ozod Tillaboevich, yuridik fanlar doktori, professor;  Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda demokratik saylov tizimining shakllanishi, uning institusionallashuvi va qonunchilik asoslarini takomillashtirishga oid nazariy va konstitusiyaviy-huquqiy masalalar bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar doirasida joylarda vakillik organlarining roli va ahamiyatini oshirish maqsadida Toshkent shahri tarkibidagi tumanlarda vakillik organlari – mahalliy Kengashlar institutini joriy etishga oid konstitusiyaviy-huquqiy mexanizmlarini belgilash zarurati va samaradorligi isbotlangan;
parlament yuqori palatasi shakllanishi tartibining qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishi maqsadga muvofiq emasligi, uni birinchi navbatda konstitusiyaviy normalar bilan, shuningdek, Saylov kodeksida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar orqali tartibga solish to‘g‘risidagi tavsiyalar asoslantirilgan;
mahalliy Kengashlar – vakillik institutlarini shakllantirishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqiga faqat siyosiy partiyalar ega ekanligi to‘g‘risidagi normalarning Saylov kodeksida belgilanishi zarurati asoslangan; 
Markaziy saylov komissiyasi a’zosi nomzodlariga talablarni kuchaytirish, ularning ma’lumoti, siyosiy partiyalarga mansub emasligi, shaxsiy fazilatlari, tajriba va malakasi, shuningdek, saylov qonunchiligini o‘zlashtirish darajasi, tashkilotchilik qobiliyati kabi sifatlarniga ega bo‘lishi zarurligi Saylov kodeksida mustahkamlanishi lozimligi asoslantirilgan;
saylov qonunchiligidagi saylov kuni ovoz berish vaqti 6.00dan boshlanishi o‘rniga, soat 8.00 dan boshlanadi va soat 20.00 gacha o‘tkaziladi, degan yangi qoida kiritilishi yuzasidan taklif kiritilgan;
saylov tizimiga yangicha ta’rif berilib, avvalgi tushunchalar kengaytirilgan, saylov tizimiga zamonaviy axborot-texnologiyalari joriy etilishining siyosiy-huquqiy va iqtisodiy afzalliklari ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda saylov tizimining institusional (huquqiy) asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida joylarda vakillik organlarining roli va ahamiyatini oshirish, saylov qonunchiligi asosida Toshkent shahri tarkibidagi tumanlarda ham tuman Kengashini shakllantirish va ularga tegishli vakolatlar berilishiga oid takliflari “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-439-son Qonunining 1- va 6-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017 yil 22 sentyabrdagi 06/2–02-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar poytaxt tumanlarida saylovlar orqali vakillik organlari institutini vujudga keltirishga oid konstitusiyaviy-huquqiy mexanizmlarning belgilanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, ya’ni oliy hududiy vakillik va qonunchilik organini shakllantirish masalalari Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solinishi maqsadga muvofiq emasligi bois mazkur Nizomdagi asosiy qoidalar kamida qonun yoki konstitusiyaviy qonunning tegishli normalarida mustahkamlanishi lozimligi asoslangan, shuningdek,  avval amalda bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunning 55-moddasidagi havolaki norma o‘rniga saylovga oid yagona hujjat – Saylov kodeksida liy Majlisning har ikki palatasini shakllantirishga oid qoidalar batafsil ifodalanishi lozimligi haqidagi takliflar Saylov kodeksining Senatni shakllantirish tartibi deb nomlangan 14-bobidagi 75–87-moddalarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 17 fevraldagi 05/1-04-17A-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar parlament yuqori palatasi shakllanishi tartiblarining Saylov kodeksida belgilanishiga xizmat qilgan;
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqiga faqat siyosiy partiyalar ega bo‘lishi kerak degan normani mustahkamlashga oid taklif Saylov kodeksining “Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi” deb nomlangan 91-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 17 fevraldagi 05/1-04-17A-son ma’lumotnomasi). Ushbu qoidalarning joriy etilishi avval amalda bo‘lgan qonunda aks etgan Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarining a’zolari, shuningdek, uchastka saylov komissiyalarining a’zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanishi (16-modda) hamda bir paytning o‘zida ham saylov komissiyalariga, ham deputatlikka nomzod ko‘rsatilishiga oid norma (20-modda) bo‘yicha kelib chiqayotgan muammolarning echimiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosiga ko‘rsatilayotgan nomzodlarga qo‘yiladigan talablarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tadqiqotchi tomonidan bildirilgan, ya’ni, ularning ma’lumoti, siyosiy partiyalarga mansub emasligi, shaxsiy fazilatlari, tajriba va malakasi, xususan, saylov qonunchiligining ma’no-mohiyatini o‘zlashtirganlik darajasi, saylov o‘tkazishga doir tashkilotchilik qobiliyati kabi bir qator sifatlarni saylov komissiyasi a’zoligiga ko‘yiladigan talablar qatorida alohida normalarda mustahkamlanishi lozimligi asoslangan. Mazkur fikr va tavsiyalar Saylov kodeksining “Markaziy saylov komissiyasiga a’zolik” deb nomlangan 13-moddasida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 4 martdagi 05/1-07-23A-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini tanlash huquqlari va sub’ektlar doirasini kengaytirgan va aniqlashtirgan;
Saylovga oid qonunlarda «“Ovoz berish vaqti va joyi»”ga oid qoidalarni shart-sharoitlarni hisobga olib, “Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan soat 20.00 gacha o‘tkaziladi” degan qoida bilan almashtirish bo‘yicha asoslangan taklif Saylov kodeksining 51-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 4 martdagi 05/1-07-23A-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘zgarish saylovchilar va saylov komissiyasi ishi samaradorligini oshirish va qulaylik yaratishga xizmat qilgan;
“Saylov tizimi” va “Siyosiy huquqlar”ga doir konseptual takliflardan “yurisprudensiya” yo‘nalishi talabalari uchun “Konstitusiyaviy huquq” darsligi ishlab chiqishda foydalanilganligi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2019 y., 654-227 raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining 2020 yil 25 martdagi 27-son ma’lumotnomasi) ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr, magistrantlar, shuningdek, O‘zbekistondagi saylov jarayoni sub’ektlarining huquqiy bilim, o‘quv va ilmiy ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan;
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi va ularning konstitusiyaviy-huquqiy asoslari”, “Mahalliy vakillik organlarini shakllantirish tartibi va prinsiplari”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, va shahar Kengashlari deputatlarining huquqiy maqomi”ga doir konseptual g‘oya va takliflardan “Davlat boshqaruvi” yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Mahalliy boshqaruv” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil, 67-401 raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2020 yil 12 maydagi 03/346-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrantlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatchilarining huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish