Toshqodirova Rano Erkinjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rux ishlab chiqarishda klinkerni samarali qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T727. 
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Soyib Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ulug‘bek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori; Xujakulov Nurmurod Botirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: «Mineral resurslar instituti» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rux ishlab chiqarishda klinkerni samarali qayta ishlash texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinkerning mineralogik tarkibidagi birikmalarni elektrxlorlashning termodinamik tahlili asosida metallarni eritmaga qo‘shimcha o‘tkazishga yordam beruvchi elektr tanlab eritish jarayonida reaksiyalar kechish mexanizmi aniqlangan;
elektroliz jarayonida elektrxlorlashning termodinamik tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, temir xlorning katta qismini o‘zlashtiradi, bu nomaqbul bo‘lib, buni istisno qilish uchun elektr tanlab eritishdan oldin klinker tarkibidan qo‘shimcha temir konsentratini olish mumkinligi aniqlangan; 
elektr tanlab eritish jarayonida qimmatli komponentlarni ajratib olishning kinetik parametrlarini davomiylikka, muhit kislotaliligiga, NaCl konsentratsiyasiga bog‘liqliklari aniqlandi, shuningdek bir vaqtning o‘zda bitta apparatda tanlab eritish, flotatsiya va elektroliz jarayonlarini o‘tkazish imkoniyati aniqlangan;
atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda elektr tanlab eritish jarayonida qimmatli komponentlarni kompleks ajratib olishni ta’minlaydigan rux ishlab chiqarish texnogen chiqindisi klinkerni elektrxlorlashning texnologik parametrlarini tanlab olish prinsiplari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rux ishlab chiqarishda klinkerni qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rux ishlab chiqarish chiqindisi klinkerni magnitli boyitish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 8 yanvardagi AI-00147-con ma’lumotnomasi). Natijada klinker 1 mm gacha yanchilganda samarali natijaga erishish imkonini bergan;
magnitli boyitish chiqindilaridan metallarni elektr tanlab eritish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning rux zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 8 yanvardagi AI-00147-con ma’lumotnomasi). Natijada klinkerdan eritmaga 84,9% Zn, 75,3% Cu va 78,6% Pb ajratib olish imkonini bergan;
eritmalardan metallarni ajratib olish «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning rux zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 8 yanvardagi AI-00147-con ma’lumotnomasi). Natijada klinkerdan metallarni ajratib olishni ko‘paytirish imkonini bergan;
rux ishlab chiqarish klinkerini qayta ishlash texnologik sxemasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning rux zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2020 yil 8 yanvardagi AI – 00147-con ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shimcha 450 t metallik temir va 44,4 t oltin tarkibli kek olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish