Askarova Nilufar Musurmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mis ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish», 04.00.14 ‒ Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T717. 
Ilmiy rahbar: Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ulug‘bek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori; Doniyarov Nodirjon Abdixakimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Mineral resurslar instituti» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis ishlab chiqarish shlaklarini ikki bosqichli sovutish yordamida engil yanchiladigan va oson flotatsiyalanadigan shlaklarni hosil qilish va ularni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis ishlab chiqarishning tashlandiq shlaklarida sul`fid suspenziyasining shakllanishi, shuningdek uning koalissensiyasi, kristallanish strukturasining shakllanishi 600-700 0S haroratda yakunlanib, uning keyingi sovutish tezligiga bog‘liq emasligi aniqlangan;
shlaklarning yanchilishi termik zo‘riqishlarning qiymati bilan aniqlanadi va kristallanish jarayoni tugaganidan keyin mis ishlab chiqarishning chiqindi shlaklarini ikki bosqichli sovutish tezligini oshirish bilan ortadi, bunda flotatsiya samaradorligining ortishi va energiya resurslar bilan yanchish xarajatlari 30 % ga kamayishi aniqlangan;
ikki bosqichli sovutilgan chiqindi shlaklarni kremniysizlantirgandan so‘ng misni ajratib olish uchun gidrometallurgik usuldan foydalanish imkoniyati aniqlangan, bu esa misni eritmaga 84,7% ga o‘tkazish va uni mis elektrolizi jarayoniga elektrolitga qo‘shimcha sifatida qo‘shish imkonini bergan;
«Olmaliq KMK» AJ mis ishlab chiqarishining ikki bosqichli sovutilgan yalliq qaytarish va kislorod-mash’al pechining chiqindi shlaki ko‘rinishidagi sanoat chiqindilarini qayta ishlash jarayonida qimmatbaho komponentlarni ajratib olish uchun texnologik parametrlarni tanlash tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mis ishlab chiqarish chiqindi shlaklarini qayta ishlash uchun ikki bosqichli sovutish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mis shlakini ikki bosqichli sovutish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 8 yanvardagi AI-00148-son ma’lumotnomasi). Natijada sekin sovutilgan tashlandiq mis shlakini 
-0,074 mm sinfgacha yanchishdan avval uning kristallanishini o‘zgartirish imkonini bergan; 
mis va uning birikmalarini mis shlaklaridan flotatsiya konsentratiga ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning mis boyitish fabrikasida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 8 yanvardagi AI-00148-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki bosqichli sovutilgan shlaklarni flotatsiya bilan boyitish jarayonida misni 70–71% flotatsiya bilan ajratib olishda konsentratlardagi mis miqdorini 16–18% gacha oshirish imkonini bergan;
ikki bosqichli sovutilgan mis shlaklariga kremniysizlantirish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 8 yanvardagi AI-00148-son ma’lumotnomasi). Natijada «Oq kuyindi» ko‘rinishida 94–96% gacha kremniy dioksidini ajratib olish imkonini bergan; 
magnitli bo‘lmagan fraksiyani sul`fat kislota bilan tanlab eritish jarayoni «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 8 yanvardagi AI-00148-son ma’lumotnomasi). Natijada mis elektrolitiga qo‘shimcha sifatida foydalaniladigan 80–85% gacha mis bo‘lgan eritmani olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish