Rasulova Sitorabonu Normurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maqsadli mahsulot olish uchun qator oksidlovchilarning suvli muhitdagi sul`fidli birikmalar bilan o‘zaro ta’sir qonuniyatlari», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/K157.
Ilmiy rahbar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03
Rasmiy opponentlar: Sidiqov Abdujalil Sidiqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kattaev Nuriddin To‘raevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maqsadli mahsulot olish uchun qator oksidlovchilarning suvli muhitdagi sul`fidli birikmalar bilan o‘zaro ta’sir qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor elektrolit eritmalarda aylanadigan disk usuli bilan, oksidlovchi moddalar (ozon-kislorod, natriy gipoxlorit) mavjud bo‘lganda, sul`fid birikmalarining oksidlanish reaksiyasining cheklangan bosqichi aniqlangan.
metall ionlarining (Su, Fe, Mo) diffuziya koeffisientlarining qiymatlari, diffuziya qatlamining qalinligi va Su, Fe, Mo sul`fid birikmalarning oksidlanish jarayonlarining faollanish energiyalari aniqlangan;
ilk bor molibden disul`fidini natriy gipoxloritda oksidlanish jarayoni uchun kinetik tenglama taklif qilingan va uni natriy gipoxloritda oksidlanish jarayoni uchun reaksiya tartibi xisoblangan;
Mo-tutgan sul`fidli ruda homashyosidan gidrokimyoviy oksidlash va eritmaga o‘tkazib berish natijasida, maqsadli mahsulotlarni (Mo, Re, Cu, Fe, Au, Ag) ajratib olish muhitning oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, oksidlovchining konsentratsiyasi, temperatura va ta’sirlashish vaqti orqali nazorat qilinishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qator oksidlovchilarning sul`fidli birikmalar bilan o‘zaro ta’sir qonuniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molibden tutgan xomashyoni namunaviy tayyorlash texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 15 iyuldagi XA-005571-son ma’lumotnomasi). Natijada, reagent eritmasidagi molibdenitli konsentratning tortilgan namunasidan elektrooksidlash va eritmaga o‘tkazish: 8–18 % natriy gipoxlorit yoki 10 % li NaCl eritmasida diafragmasiz elektroliz qilinganda Mo, Re, Au eritmaga o‘tish, kekda Si, Fe qolish imkonini bergan;
kuydirish natijasidagi molibdenli sanoat mahsulotining tortilgan namunasidan metallarni eritmaga o‘tkazish natijasi: 8–18 % li natriy gipoxlorit yoki 10% li NaCl eritmasida diafragmasiz elektroliz “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 15 iyuldagi XA-005571-son ma’lumotnomasi). Natijada 20–35 °Sda Mo, Re, Au eritmaga o‘tish, kekda Si, Fe qolish imkonini bergan;
kombinatning shlam maydonidan olingan Mo-tutgan kekning (8,5% gacha) tortilgan namunasidan reagent eritmasida metallarni eritmaga o‘tkazish natijasi: 8-18 % li natriy gipoxlorit yoki 10% li NaCl eritmasida diafragmasiz elektroliz “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 15 iyuldagi XA-005571-son ma’lumotnomasi). Natijada Mo, Re, Au eritmaga o‘tish, kekda Si, Fe qolish imkonini bergan.