Quchkorova Nargiza Mamajonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.2.PhD/Ped.906.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farid Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Azimova Ziyoda Ergashevna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillash¬tirishdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning xalqaro baholash dasturlari bilan aloqadorligi maktab yoshidagi o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini shakllantirish ko‘nikmalarini (matematik va tabiiy-ilmiy hodisalarni real hayotiy muammolarga nisbatan talqin qilish) vitagen ta’lim bilan maqbul integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari kasbiy faoliyatga tayyorlashning majmuaviy omillari (ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ekologik, texnologik) va komponentlarini (kognitiv, operatsion, aksiologik) hisobga olish asosida pedagogik risklarning o‘qitish sifatiga salbiy ta’sirini bartaraf etish mexanizmi barqarorligiga erishish asosida aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish majmuaviy-texnologik modelining amaliy komponenti (shartlari, fanlararo aloqadorlik, o‘quv materiallari va metodik usullarga kompleks yondashuv) mantiqiy va kreativ tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitining loyihaviy faoliyat bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti (masofaviy ta’lim kontenti, kognitiv topshiriqlar, o‘quv loyihalari, elektiv kurslar) talabalarning individual ta’lim traektoriyasini belgilashga xizmat qiluvchi mustaqil-ijodiy faoliyat jarayonlarini tadqiqotchilikka doir kompetensiyalarga muvofiq tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning xalqaro baholash dasturlari bilan aloqadorligini kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini shakllantirish ko‘nikmalarini vitagen ta’lim bilan maqbul integratsiyasini ta’minlash, kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, kasbiy faoliyatga tayyorlashning majmuaviy omillari va komponentlarini hisobga olish asosida pedagogik risklarning o‘qitish sifatiga salbiy ta’sirini bartaraf etish mexanizmi barqarorligiga erishishga doir taklif va tavsiyalardan 5111700 – boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriat yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 iyundagi 89-03-2438-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish malakasini rivojlantirish va moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish majmuaviy-texnologik modelining amaliy komponentini takomillashtirish, mantiqiy va kreativ tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitining loyihaviy faoliyat bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan OT-F1-36 raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2017–2020 yy.) fundamental loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 fevraldagi 89-03-398-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlanganligini tashxis etishning diagnostik vositalaridan samarali foydalanishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minotini (masofaviy ta’lim kontenti, kognitiv topshiriqlar, o‘quv loyihalari, elektiv kurslar) takomillashtirish, talabalarning individual ta’lim traektoriyasini belgilashga xizmat qiluvchi mustaqil-ijodiy faoliyat jarayonlarini tadqiqotchilikka doir kompetensiyalarga muvofiq tizimlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan ITD-4-122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasi” (2009-2011yy.) loyihasi natijalarini amaliyotga tatbiq etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 fevraldagi 89-03-398-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning elektron-metodik tizimini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishilgan.