Sayt test rejimida ishlamoqda

Mirzabaev Akram Maxkamovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektr tizimlarining statik turg‘unligini tahlil  qilishning matrisa usullari va algoritmlari», 05.05.02–«Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar» (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:30.06.2015/B2015.2.T540.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, 14.07.2016.T.02.01.

Ilmiy maslahatchi: Allaev Kaxramon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Chemborisova Nailya Shavkatovna, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor; Sokolov Valeriy Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:«Energiya» koordinatsion dispetcherlik markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab elektr tizimlarida kichik tebranishlar tahlilining matrisali usullari va algoritmlarini, statik turg‘unlik chegarasini aniqlashning soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish hamda tizimlarni kiritish texnologiyasi negizida avtomatik rostlagich modellarini sintezlashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kvadratik shaklda Lyapunov funksiyalari asosida elektr energetika tizimlari turg‘unligining zaruriy va etarli shartlarini ta’minlaydigan, kvadratik shakldagi  matrisaning birinchi asosiy minorining (q11>0) musbatligidan iborat bo‘lgan, elektr tizimi statik turg‘unligining soddalashtirilgan mezoni ishlab chiqilgan;

murakkab elektr tizimining statik turg‘unligi tadqiqotlarini oddiy «generator-shina» sxemasiga keltirish imkonini beradigan kvadratik shaklda Lyapunov funksiyalarini va tugun kuchlanishlar tenglamalarini birgalikda qo‘llash usuli ishlab chiqilgan;

elektr energetika tizimlari dinamik xususiyatlarini tadqiq qilish imkonini beruvchi tizimlarni kiritish texnologiyasi asosida murakkab  elektr tizimining muammoli matrisasi ishlab chiqilgan;

elektr energetika tizimlari rejim parametrlarining kichik qo‘zg‘alishlarda tebranishlarni dempferlovchi va turg‘unligini ta’minlovchi  qutblarni o‘zgartirish algoritmi ishlab chiqilgan;

tizimlarni kiritish texnologiyasi asosida elektr energetika tizimlarida kichik tebranishlarning dempferlanishi va turg‘unligini ta’minlovchi rostlagichlarning matematik modeli va sintezlash algoritmi ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Elektr tizimlarning statik turg‘unligini tahlil qilish matrisa usullari va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Lyapunov funksiyalari, matrisa usullari va algoritmlari asosida yaratilgan statik turg‘unlik nazorati usullari va algoritmlari “Uzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati “KUChGES” unitar korxonasida joriy qilingan (“O‘zbekenergo” AJning 2016 yil 15 iyuldagi DU-OP-21/2628-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijalari statik turg‘unlik zaxirasi ko‘rsatkichini 1% kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;

kiritish texnologiyasi asosida sintez qilingan rostlagichlar va qutblarni o‘zgartirish algoritmi “Uzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, «Chirchiq trans-formator zavodi» aksiyadorlik jamiyati tizimiga joriy qilingan (“Uzeltexsanoat” AKning 2016 yil 14 oktyabrdagi 04-149-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik tebranishlarni demferlanishini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan har bir TDTN-25000/110/35 transformatori chulg‘amiga sarflanadigan xomashyoni va materiallarni 5% iqtisod qilishga erishiladi;

generatorlar mutloq burchagiga asoslangan murakkab elektr tizimidagi kichik tebranishlarda o‘tish jarayonlarining matematik modeli va muammoli matrisasini yaratishga doir yangi ilmiy texnik echimlar OT-F5-036  «Energetikada elektromexanik va gidromexanik o‘tkinchi jarayonlarining o‘zaro bog‘liqliklarini  formallashtirish» (2007–2011) loyihasida elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarni formallashtirishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 26 oktyabrdagi FTK-0313/722-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi elektromexanik va gidromexanik o‘tkinchi jarayonlarining o‘zaro bog‘liqliklarini formallashtirish jarayonini engillashtirgan va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishni ta’minlashga xizmat qiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish