Sultonov Sherali Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt980.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fond bozoriga aholining keng qatlamini faol jalb etish, davlat AJlarining aksiyalar paketlarini «Bitta aksiya – bitta lot» tamoyili asosida sotish tartibini joriy qilish taklif etilgan;
AJlari o‘rtasida teng raqobat muhitini yaratish maqsadida, davlat ulushi bor korxonalar sof foydasining 50 foizidan kam bo‘lmagan qismini davlat byudjetiga o‘tkazishni amaliyotga joriy qilish taklif etilgan;
davlat va xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud bo‘lgan AJlari aksiyalar paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif (IPO va SPO) orqali sotish asosida fond bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeini hamda investisiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish imkoniyatlari asoslangan;
strategik ahamiyatga ega yirik kompaniyalarning aksiyadorlik kapitali tuzilmasida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish natijasida yirik investisiyalar talab qiladigan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va byudjet daromadlarini oshirish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda fond  bozorini rivojlantirishga doir olingan ilmiy natijalar asosida: 
fond bozoriga aholining keng qatlamini faol jalb etish, davlat AJlarining aksiyalar paketlarini «Bitta aksiya – bitta lot» tamoyili asosida sotish tartibini joriy qilish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3844-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, aholi va investorlarni jalb etishni cheklovchi aksiyalarni yirik miqdorda savdoga chiqarish amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
AJlari o‘rtasida teng raqobat muhitini yaratish maqsadida, davlat ulushi bor korxonalar sof foydasining 50 foizidan kam bo‘lmagan qismini davlat byudjetiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3844-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida bir tomondan xususiy sektordagi AJlari bilan davlat korxonalari o‘rtasida o‘zaro teng raqobat muhitini shakllantirish, ikkinchi tomondan esa davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘ tushirish imkoniyati yaratilgan;
davlat va xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud bo‘lgan AJlari aksiyalar paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif (IPO va SPO) asosida sotish va joylashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 fevraldagi PF-5666-son «Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-son «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3844-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fond bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeini mustahkamlash hamda investisiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish imkoniyati yaratilgan;
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik kompaniyalarning AJ kapitali tuzilmasida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan soliq-byudjet siyosati yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3844-son ma’lumotnomasi). Natijada, yirik investisiyalar talab qiladigan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqilishi uchun asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish