Mirzaxmedova Munisa Xakimdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tabiiy tolali (paxta, ipak) matolarini bo‘yash va yakunlovchi pardoz berishning birlashtirilgan formal`degidsiz texnologiyasini yaratish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T189.
Ilmiy maslahatchi: Abdukarimova Mavjuda, texnika fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Alimova Halima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Primkulov Maxmud Temirovich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori,katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy (paxta, ipak) tolalari asosidagi matolarga kamkirishuvchanlik va kamg‘ijimlanuvchanlik xossa berishning formal`degidsiz yangi texnologiyalarini yaratish, aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash jarayonini kamkirishuvchanlik pardoz berish texnologiyasi bilan birlashtirish va birlashtirilgan texnologiyani jadallashtirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy tolali (ipak, paxta) to‘qimachilik matolarini formal`degidsiz maxalliy xomashyolar asosida yakunlovchi pardoz berish jarayonlarining texnologik parametlariishlab chiqilgan va asoslangan;
ilk marta ipak matolarini birlashtirilgan aktiv (faol) bo‘yovchi moddalar bo‘yash va yakunlovchi pardoz berish jarayonlarining jadallashtirilgan texnologiyasi yaratilgan;
yakunlovchi pardoz berish jarayonining mexanizmi aniqlandi. K-4 preparati asosida qisqa davomiylikka ega, bo‘yovchi moddadan samarali foydalanish darajasi yuqori bo‘lgan bo‘yash va yakunlovchi pardoz berishningbirlashtirilgan texnologiyasi yaratilgan;
birlashtirilgan bo‘yash va yakunlovchi pardoz berishning jadallashtirilgan texnologiyasining matematik modeli yaratilgan;
paxta va ipak matolarini bo‘yash uchun bo‘yash eritmasi tarkibiga turi intensifikatorlarni qo‘shish orqali bo‘yovchi moddadan samarli foydalanish imkoniyati yaratilgan;
paxta matolarini aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash va K-4 preparati asosida formal`degidsiz yakunlovchi pardoz berishning birlashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy tolali matolargabirlashtirilgan bo‘yash va yakunlovchi pardoz berish texnologiyasini ishlab chiqish natijalari asosida: 
paxta tolali matolarni faol bo‘yovchi moddalar bilan termofiksatsion usulda bo‘yash tarkibi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi “Urgench Bahmal” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 25 fevraldagi 04/18-623-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘yash eritmasi tarkibiga bentonitni kiritish orqali rang intensivligi 44% ga oshgan;
birlashtirilgan bo‘yash va yakunlovchi pardoz berish texnologiyasi “Urgench Bahmal” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 25 fevraldagi 04/18-623-son ma’lumotnomasi). 5 g/l miqdorida bentonitni kiritish natijasida bo‘yalgan matoning rang intensivligi 36% ni tashkil etgan, kirishuvchanligi esa 2 marta kamaygan;
paxta tolali matolarni faol bo‘yovchi moddalar bilan yarim uzlukli usulda bo‘yash tarkibi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi “Urgench Bahmal” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 25 fevraldagi 04/18-623-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘yash eritmasidagi bo‘yovchi moddani miqdori 25% gacha kamaygan; 
paxta tolali matolarni intensifikator bentonit tutuvchi faol bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash tarkibi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi “Cotton Road” qo‘shma korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 25 fevraldagi 04/18-623-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘yash eritmasidagi bo‘yovchi modda miqdorini 2% ga kamaytirish va yuqori rang intensivligiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish