Mamatkulov Komiljon Mardankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza qopqog‘ining nostabilligini tashhislash va kaminvaziv jarrohlik davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib688.
Ilmiy rahbar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Axtyamov Il`dar Fuatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Dursunov Axmat Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozoq uzluksiz ta’lim medisina universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizza qopqog‘ining nostabilligida zamonaviy tashxislash usullarini qo‘llash va jarroxlik davolash usulini takomillashtirish orqali anatomo-funksional natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediopatellofemoral bog‘lamni sonning keng fassiyasidan olingan autotransplantant yordamida tiklashning jarroxlik usuli ishlab chikilgan;
tizza qopqog‘i medializatsiyasi, tashqi retinakulum relizi, mediopatellofemoral bog‘lamini sonning keng fassiyasidan olingan autotranplantant yordamida tiklashdan iborat bo‘lgan kombinatsiyalashgan operatsiyalar displastik nostabillikni davolashda radikal rekonstruktiv operatsiyalar ekanligi isbotlangan;
tizza qopqog‘i nostabilligini xirurgik davolashda operativ muolajalarni tizza bo‘g‘imining «yuqori» va «quyi» qavatlarda bajariladigan ketma-ketlik asosida bajarish nostabillikni davolashda yaxshi natijalar berishi isbotlangan;
tizza qopqog‘ini medial tomondan ushlab turuvchi bog‘lam sifatida sonning keng fassiyasidan olinuvchi automaterialdan foydalanish, fassiyaning o‘zaro kesishuvchi yo‘nalishdagi tolalari va zich biriktiruvchi to‘qimalaridan iboratligini xisobga olgan xolda, fiksatsiyaning yuqori samaradorligini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza qopqog‘ining noostabiligini davolashni takomillashtirish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Tizza qopqog‘ining nostabilligini tashxislash va davolash» nomli uslubiy ko‘rsatmalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 aprelidagi 8n-d/69-son ma’lumotnomasi). Tizza qopqog‘ining nostabilligini operativ usulda davolashda taklif qilingan taktikani qo‘llash natijasida jarroxlik davolash sifatini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Tizza qopqog‘i chiqishini jarroxlik usulda davolash» jarroxlik usuli uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04835-son patenti, 2014; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 aprelidagi 8n-d/69-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usulni qo‘llash tizza qopqog‘ining nostabilligi bo‘lgan bemorlarni davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi residiv xolatining kamayishi va bemorlarning shifoxonada yotish vaqtini qisqarishiga imkonini bergan;
tizza qopqog‘ining nostabilligi mavjud bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy natijalar olingan bo‘lib, sog‘liqni saqlash amaliyotida qo‘llanilgan, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasida, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialida qo‘llanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 aprelidagi 8n-d/69-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar residiv xolatini 2.1%gacha kamaytirishi va bemorlarning shifoxonada yotish muddatini o‘rtacha 4 o‘rin-kunga qisqartirishini ta’minlagan.