Raximov Anvar Melikmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bilak suyaklari bitmayotgan siniqlari va soxta bo‘g‘imlarini kompleks xirurgik davolash», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib174.
Ilmiy rahbar: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bilak suyaklari bitmayotgan siniqlari va soxta bo‘g‘imlarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bilak suyaklarining bitmayotgan sinishlari va soxta bo‘g‘imlarini xirurgik davolashda patologik o‘choq lokalizatsiyasini inobatga olgan xolda tanlanadigan differensial davolash taktikasi ishlab chiqilgan;
bilak suyaklarining bitmayotgan sinishlari va soxta bo‘g‘imlarini xirurgik davolashda proteolitik ferment vositasi (kukumazim) va autosuyak ko‘migi transplantatsiyasining birgalikda qo‘llanilishi bilakda kechayotgan osteoreparatsiya jarayonlarining normal kechishiga optimal sharoit yaratishi isbotlangan;
bilak suyaklarining bitmayotgan sinishlari va soxta bo‘g‘imlarini xirurgik davolashda proteolitik ferment vositasi (kukumazim)ning suyakdagi patologik o‘choqda lokal qo‘llanilishi bemorning immunologik parametrlari dinamikasini ijobiy siljishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
bilak suyaklarining bitmayotgan sinishlari va soxta bo‘g‘imlarini xirurgik davolashda proteolitik ferment vositasi (kukumazim)ni gipertrofik va atrofik lokal o‘zgarishlar xolatiga nisbatan qo‘llash chastotasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza qopqog‘ining noostabiligini davolashni takomillashtirish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Uzun naysimon suyaklar bitmay qolgan siniqlari va soxta bo‘g‘imlarni kompleks davolash” nomli uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 8n-d/267-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qo‘l funksiyasi tiklanishi imkonini bergan;
bilak suyaklari bitmayotgan siniqlari va soxta bo‘g‘imlarini davolash taktikasini tanlash uchun tashxislash va regeneratsiya vaqti hamda natijalarini baxolash ketma-ketligi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 8n-d/267-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar immunologik ko‘rsatkichlar darajasini ijobiy siljishlarini olish imkonini bergan;
bilak suyaklari bitmayotgan siniqlari va soxta bo‘g‘imlari tadqiqotining ilmiy natijalari va ularni davolash uslublarini joriy qilish, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologi ya va ortopediya ilmiy amaliy markazining Samarqand filiali va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etilishi natijalarning 87,6% bemorlarda 1,5 martaga yaxshilanish imkonini yaratgan.