Mamadalieva Feruza Asrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Islomiy qadriyatlarda shaxs mas’uliyati muammosi», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1. PhD/Fal91.
Ilmiy rahbar: Qahhorova Matlyuba Manafovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.30.12. 2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar:Ro‘zmatova Gulnoz Miraxrorovna, falsafa fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba  Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: islomiy qadriyatlar vositasida shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyatini takomillashtirishni yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«islomiy qadriyat», «shaxs mas’uliyati» haqidagi tushunchalar va ta’riflar ilmiy tahlil etilib, ularning tarixiy, ijtimoiy-falsafiy, diniy ildizlari ochib berilgan;
shaxs mas’uliyatini takomillashtirishda islom dinining ma’naviy – axloqiy (shaxs erkinligi, tanlov erkinligi va mas’uliyati, halollik) qadriyatlarining shaxs potensialini yaratuvchanlikka yo‘naltirishdagi ahamiyati asoslangan;
islom qadriyatlarida shaxs mas’uliyatini aks ettiruvchi islomiy qadriyatlardan (yuksak axloqiylik, gumanizm, adolatparvarlik, vijdoniylik, ma’rifatparvarlik, tolerantlik) jamiyatning ijtimoiy –siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotida oqilona foydalanishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
shaxs mas’uliyatini takomillashtirishning ta’sirli vositalaridan islomiy qadriyatlarning mazmunini o‘zgartirib, g‘arazli targ‘ibotlarda qo‘llashga harakat qilayotgan norasmiy diniy uyushmalar faoliyatining salbiy oqibatlari ilmiy asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Islom dini qadriyatlar tizimida shaxs mas’uliyati muammosini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«islomiy qadriyat», «shaxs mas’uliyati» haqidagi tushunchalar va ta’riflar ilmiy tahlil etilib, ularning tarixiy, ijtimoiy - falsafiy, diniy ildizlari tavsifiga oid takliflardan «O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» radiokanali «Oqshomga qadar» dasturi va «Harakatdagilar» ijtimoiy loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Yoshlar radiokanalining 2019 yil 30 sentyar` 14-01-322-son ma’lumotnomasi). Natijada islom qadriyatlari tizimida shaxs mas’uliyatini namoyon bo‘lish shakllari tizimli–funksional tahlili asosida uni takomillashtirish va jamiyat ma’naviy hayotiga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning natijadorligiga erishishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
«shaxs mas’uliyati»ni takomillashtirishda islom dinining ma’naviy-axloqiy (shaxs erkinligi, tanlov erkinligi va mas’uliyati, halollik)  qadriyatlarining shaxs potensialini yaratuvchanlikka yo‘naltirishdagi ahamiyat ochib berilganligiga oid fikr-mulohazalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi «Oila» ilmiy- amaliy tadqiqot markazi tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida «Oilaparvar yoshlar yuksak mas’uliyat egalaridir» mavzusida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi «Oila» Ilmiy- Amaliy Tadqiqot Markazining 2019 yil 16 oktyabrdagi № 975-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fikr-mulohazalar mamalakatimizda oila va nikoh munosabatlarini amalga oshirishda shaxs mas’uliyatining o‘rni, yoshlarni zamonaviy oilaga tayyorlashda, hamda ular ongida sog‘lom turmush tarzi, oila va nikoh masalalariga doir tasavvur va ma’naviy, axloqiy bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan;
islom qadriyatlarida shaxs mas’uliyatini aks ettiruvchi islomiy  qadriyatlardan (yuksak axloqiylik, gumanizm, adolatparvarlik, vijdoniylik, ma’rifatparvarlik, tolerantlik) jamiyatning ijtimoiy – siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotida oqilona foydalanishning ilmiy asoslari ishlab chiqilganligi va bunda shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirishda islom qadriyatlaridan samarali foydalanishga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining «VII.Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari» yo‘nalishining bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda va «Qalblarga ziyo ulashib», «Dinlararo bag‘rikenglik» mavzularida o‘tkazilgan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda  keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 2 oktyabrdagi 02/09-1315-19-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar «islomiy qadriyat», «shaxs mas’uliyati» tushunchalarini diniy – falsafiy jihatlarini nazariy masalalarini o‘rganish borasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
«shaxs mas’uliyati»ni takomillashtirishning ta’sirli vositalaridan islomiy qadriyatlarning mazmunini o‘zgartirib, g‘arazli targ‘ibotlarda qo‘llashga harakat qilayotgan norasmiy diniy uyushmalar faoliyatining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga  oid ilmiy xulosalardan Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashida jamiyat ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlanishida islom dinining  o‘rnini tizimli tahlil qilishda foydalanilgan. (Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining 2019 yil 18 sentyabr` 02-01/629-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natija shaxs mas’uliyati tushunchasining falsafiy mazmun-mohiyatini ilmiy va islomiy qadriyatlar nuqtai nazaridan yoritish; shaxs mas’uliyati va mas’uliyatsizligini aniqlashga xizmat qiladigan baholash mezonlarini tahlil qilishda samaradorlikka erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish