Xaitbaev Alisher Xamidovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gossipol yangi hosilalarining sintezi, tuzilishi va biologik faolligi», 02.00.03–Organik kimyo; 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.K60.

Ilmiy maslahatchi: Dolimov Davronbek Nigmanovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.K.01.02.

Rasmiy opponentlar: Abdug‘ofurov Ibragimjan Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor; Tashmuxamedova Aynisa Karimovna, kimyo fanlari doktori, professor; Mavlyanov Saidmuxtor Maksudovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

  II. Tadqiqotning maqsadi: gossipol molekulasi asosida strukturaviy analoglarini belgilangan parametrlar asosida modifikatsiyalash, biologik faolligi va fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor paxtada erkin radikallarning hosil bo‘lishi aniqlangan hamda gossipolning 2-oksibenzal`degid,
2-oksinaftal`degid va piridoksalning 100 dan ortiq yangi azometinli hosilalari, gidrazinga o‘xshash farmakofor guruhga ega bo‘lgan birikmalar (efedrin, sal`solin, karbazol va difenilamin) sintez qilingan;

gossipolning yangi hosilalarini vezikulyar stomatit virusiga va triptofan birikmalarini virusga qarshi faolligi ko‘rsatilgan, shuningdek E.soli, St.aureus, X.malvasearum, V.subtilis kabi bakteriyalarga qarshi yuqori biologik faollikni namoyon qiluvchi yangi dorivor moddalar sintez qilingan;

gossipolning Shiff asoslarining supramolekulyar va metallkomplekslari (Cu2+, Ni2+ va boshqa metall ionlari) olingan;

diaminogossipol ikki xil usulda olingan va uning asosida turli tabiatga ega bo‘lgan al`degidlar yordamida Shiff asoslari sintez qilinib, kvant-kimyoviy hisoblash usullari yordamida molekulyar-dinamik ko‘rsatkichlari, elektron tuzilishi aniqlangan;

GKMATni megosin va tagosin bilan supramolekulyar komplekslarini interferonindusirlovchi faolligi gossipol, megosin va tagosinlarga nisbatan ustunligi isbotlangan;

megaferon tarkibidagi megosin va GKMAT miqdorini identifikatsiya qilish, aniqlash va ajratish uchun YuSSX usuli ishlab chiqilgan va megaferonning supramolekulyar kompleksi tarkibi hamda moddalarning kristallanish darajalari aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mahalliy xomashyo asosida olinadigan dorivor preparatlarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sintez qilingan yangi antigerpetik preparati Universidad De Malaga tomonidan «Thermophilic and halophilic extremophiles in Eurasian Environments» ilmiy loyihasida foydalanilgan (Universidad De Malaga (Ispaniya)ning 2016 yil 23 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasi yangi antigerpetik dorivor preparatlarni ajratish, sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash hamda ayrim viruslarga qarshi faolligidan foydalanish imkonini bergan;

supramolekulyar komplekslarni sintez qilish uslublari  «Farg‘onaazot» AJ faoliyatiga joriy etilgan («Farg‘onaazot» AJ ning 2016 yil 24 oktyabrdagi 10/5078-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasi dori vositalarining yangi avlodini yaratish imkonini bergan;

glisirrizin kislotasining monoammoniy tuzi bilan megosinning supramolekulyar kompleksini olish bo‘yicha olingan natijalar F-6-05 «Polifenol va triterpenoidlarning yangi hosilalarining antibiotiklar ta’siriga rezistent bo‘lgan patogen bakteriyalarga qarshi faollik ta’sir mexanizmini o‘rganish» ilmiy loyihasida (O‘zMU, 2012–2016 yy.) gerpesga qarshi yangi dori vositasi yaratishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 12 oktyabrdagi FTK-03-13/685-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yangi dori vositasi «Megaferon»ni sintez qilishga xizmat qilgan;

tagosinning supramolekulyar kompleksini olish bo‘yicha olingan natijalar A-11-10 «Mitoxondrial kasalliklarga qarshi dori preparati yaratish va ishlab chiqish» ilmiy loyihasida (O‘zMU, 2014–2016 yy.) antibakterial xossali dori vositalarini olishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 12 oktyabrdagi FTK-03-13/685-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi antibakterial xossaga ega bo‘lgan yangi dorivor preparat yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish