Sobirova Laylo Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qaddi qomatining buzilishini oldini olishda maxsus jismoniy mashqlar majmuidan foydalanish samaradorligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped463.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Dilnoza Nigboevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSs.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qaddi-qomat buzilishini oldini olishda maxsus jismoniy mashqlar majmui xususiyatlarini nazariy va amaliy jixatdan asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umurtqa pog‘onasi frontal va sagittal qiyshayishi mavjud 7-8 yoshdagi bolalar uchun buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan maxsus mashqlar majmuasi (umurtqa egriliklarini bartaraf etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi maxsus jismoniy mashqlar) va uning optimal me’yorlarini tabaqalashtirish asosida takomillashtirilgan;
umurtqa pog‘onasi frontal va sagittal qiyshayishi mavjud 9-10 yoshdagi bolalar uchun buyumlar va buyumlarsiz yakkalikda hamda juftlikda bajariladigan maxsus mashqlar majmuasi tashkil etish va amalga oshirish (tashkiliy metodik) me’zonlari bo‘yicha takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qaddi-qomat buzilish darajalari bo‘yicha yosh darajasiga tabaqalash asosida buyumlar va buyumlarsiz yakkalikda, juftlikda, mutaxassis yordamida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasini foydalanishni qiyoslash asosida individual mexanizmi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qaddi-qomati buzilish darajalari kelib chiqish sabablari ilmiy asoslangan hamda umurtqa pog‘onasini qiyshayishini olidini olish yuzasidan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qaddi-qomat buzilishini oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qaddi-qomat buzilish darajalari bo‘yicha yosh darajasiga tabaqalash asosida buyumlar va buyumlarsiz yakkalikda, juftlikda, mutaxassis yordamida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasini foydalanish bo‘yicha takliflar asosida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4-oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-006 raqamli guvohnoma). Natijada umurtqa pog‘onasidagi qiyshayish sabablari bo‘yicha maxsus mashqlar majmuasidan samaradorligi 16-18 % ga yaxshilangan;
umurtqa pog‘onasi frontal va sagittal qiyshayishi mavjud 7-8 yoshdagi bolalar uchun buyumlar va buyumlarsiz mutaxassis bilan bajariladigan maxsus mashqlar majmuasi (umurtqa egriliklarini bartaraf etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi maxsus jismoniy mashqlar) va optimal me’yorlari (soni, vaqti, xajmi) asosida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4-oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘iga asosan 892-006 raqamli guvohnoma). Natijada 7 yoshda buyumlar va buyumlarsiz mutaxassis yordamida bajariladigan maxsus mashqlardan foydalanish orqali frontal buzilishi bor o‘quvchilardan 4 nafari, sagittal buzilish bor o‘quvchilardan esa 2 nafari sog‘lom guruxga o‘tkazildi, umumiy xisobda 50%ga yaxshilanishiga erishilgan;
umurtqa pog‘onasi frontal va sagittal qiyshayishi mavjud 9-10 yoshdagi bolalar uchun buyumlar va buyumlarsiz yakkalikda hamda juftlikda bajariladigan maxsus mashqlar majmuasi (umurtqa egriliklarini bartaraf etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi maxsus jismoniy mashqlar) va unining optimal me’yorlari (soni, vaqti, hajmi) 163-umumta’lim maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02-07-08-5415 son ma’lumotnomasi). Natijada 9 yoshli o‘quvchilar maxsus mashqlardan foydalanish orqali 6 nafar o‘quvchi sog‘lom guruhga o‘tkazilgan bo‘lib, 42,8% ni, 10 yoshli o‘quvchilar maxsus mashqlardan foydalanish orqali II-darajali asorati bor 2 nafar o‘quvchi I-darajali asorati bor guruhga, I-guruh asorti bor guruhdan 4 nafar o‘quvchi esa sog‘lom guruxga o‘tkazildi,  umumiy xisobda 40% ga yaxshilanishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qaddi-qomat buzilish darajalari kelib chiqish sabablari hamda umurtqa pog‘onasini qiyshayishini olidini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shaxar 4-sonli skoliozga ixtisoslashtirilgan maktab internatining o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02-07-08-5415-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maxsus mashqlardan foydalanish orqali 24 nafar o‘quvchi sog‘lom guruxga o‘tkazilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilar qaddi-qomat o‘zgarishi umumiy hisobda 44,4% ga yaxshilanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish