Pulatov Farxod Azadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi 7-10 yoshli bolalarda o‘naqay va chapaqay harakatlarni simmetrik tartibda shakllantirish ustuvorligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped673. 
Ilmiy rahbar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSs.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaydarov Baxtiyar Tojievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi 7-10 yoshli o‘quvchilarda harakatlar asimmetriyasini o‘rganish va uni ishlab chiqilgan maxsus mashqlar hamda harakatli o‘yinlar yordamida simmetrizatsiyalash samaradorligini pedagogik tajribada asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi 7-10 yoshli bolalar va talabalarning an’anaviy mashg‘ulotlarida ijro etiladigan o‘naqay-chapaqay harakatlar o‘rtasida assimmetrik farqlarni kamaytirish (o‘ng va chap qo‘lda to‘pni urib harakatlanish tezligi, o‘ng va chap qo‘l – oyoq kuchi va aniqligi, o‘ng va chap tomonga aylanish ta’sirida muvozanat saqlash) asosida takomillashtirilgan;
o‘naqay-chapaqay harakatlar asimmetriyasini pedagogik tahlili asosida o‘rganish hamda baholashga mo‘ljallangan modifikatsiyalashtirilgan metodik mashqlar majmui ishlab chiqilgan;
7-10 yoshli bolalarda kuzatiladigan o‘naqay-chapaqay harakatlar asimmetriyasini ikki tomonga teng taqsimlangan maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlar yordamida simmetrizatsiyalashning pedagogik mexanizmi takomillashtirilgan;
o‘naqay-chapaqay harakat funksiyalarini simmetrik tartibda shakllantirishga ixtisoslashtirilgan mashqlar va harakatli o‘yinlar majmualari yaratilgan hamda ularni mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash dasturlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi 7-10 yoshli bolalarda o‘naqay va chapaqay harakatlarni simmetrik tartibda shakllantirish ustuvorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi bolalarda o‘naqay-chapaqay harakat funksiyalarini simmetrik tartibda shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar majmualari bo‘yicha e’tirof etilgan takliflar asosida «Milliy va harakatli o‘yinlar» nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-275 raqamli guvoxnomasi). Natijada 7-10 yoshli o‘quvchilarda ishlab chiqilgan maxsus mashqlar va ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlar yordamida 15-20% gacha asimmetrik farqni kamayishi va 75-80% gacha simmetrizatsiyalash imkoniyatiga erishilgan;
o‘naqay-chapaqay harakatlar asimmetriyasini baholash uchun yaratilgan yangi va modifikatsiyalashtirilgan metodik testlar bo‘yicha tavsiyalar asosida «Milliy va harakatli o‘yinlar» nomli darslik nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-275 raqamli guvoxnomasi) va Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 2-umumta’lim maktabining basketbol, voleybol va futbol bilan shug‘ullanuvchilarni o‘quv dasturiga turli tuzatishlar kiritish asosida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 21 maydagi 03-08-08-152-sonli ma’lumotnoma). Natijada jismoniy tarbiya darslariga basketbol, voleybol va futbolga xos o‘naqay-chapaqay harakat funksiyalari o‘rtasidagi asimmetrik farq 60-70% gacha simmetrizatsiyalashgan;
o‘naqay-chapaqay harakatlarni simmetrik tartibda shakllantirish uchun ishlab chiqilgan majmualar va ularni qo‘llash bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar «Basketbol nazariyasi va uslubiyati» nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i,  434-273 raqamli guvoxnomasi). Natijada 7-10 yoshli bolalarda o‘naqay-chapaqay harakat funksiyalari o‘rtasidagi funksional asimmetriya 87,9% ga simmetrizatsiyalashgan;
sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi 7-10 yoshli maktab o‘quvchilari va sportchi talabalarda o‘naqay-chapaqay harakatlar asimmetriyasini o‘rganish va ularni simmetrizatsiyalash bo‘yicha «Sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchilarda o‘naqay-chapaqay harakat funksiyalarini simmetrik shakllantirish afzalligi» nomli amaliy tavsiyalar «Sport va harakatli o‘yinlar (basketbol)» o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i,  434-286 raqamli guvoxnomasi). Natijada sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi yuqori malakali sortchilar ustida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida harakat malakalarini (qo‘l va oyoq kuchi, qo‘l tremori, belgilangan kuchlanish va vaqt-oraliqni farqlash aniqligi va h.) o‘ng qo‘l-oyoq va chap qo‘l-oyoq bilan bajarilganda 65-75% gacha asimmetrik farq mavjudligi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish