Xakimov Jamshid Oktyamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash vositalari asosida takomillashtirish (“Kompyuterli loyihalash” o‘quv fani misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1041.
Ilmiy rahbar: Xodjabaev Anarbay Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01
Rasmiy opponentlar: Turakulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Nuriddinov Baxodir Sobirovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash vositalari asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishning kompleks tizimi darajalari (past – SATIA; o‘rtacha – Kompas; keng miqyosli – AutoCAD, MathCAD)ni joriy etish orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qtuvchilari kasbiy-pedagogik faoliyati tuzilmasining funksional jihatlari (loyihalash, texnologik tahlil) va komponentlari (kognitiv, refleksiv, faoliyatli) mazmuni variativlik asosida takomillashtirilgan;
“Kompyuterli loyihalash” o‘quv fanini fanlararo o‘quv moduli asosida o‘qitishda talabalarning axborot-kommunikatsion tayyorgarligini takomillashtirishning konseptual asoslari (modulli, kompetensiyaviy, mantiqiy, axborot yondashuv)ni joriy etish orqali kompyuterli loyihalash vositalari (CAD/CAM/CAE (Computer Aided Design/Computer Aided Manufacturing/Computer Aided Engineering))ni qo‘llash mexanizmi integrativlik tamoyiliga ko‘ra takomillashtirilgan;
virtual o‘quv laboratoriya sharoitida loyihalash-konstruktorlik topshiriqlari tizimi, vizuallashtirilgan o‘quv mashqlari, intensiv  trening, testlar, muammoli vaziyatlarni majmuaviy qo‘llash orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni modeli avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari (ALT)ni joriy etish asosida takomillashtirilgan;
kasb ta’limi yo‘nalishlari talablarining kompyuterli loyihalash vositalari bo‘yicha axborot kommunikatsion tayyorgarligi darajalarini (kognitiv, protsessual, faoliyatli) tashxislash tahlili, loyihalash-konstruktorlik, amaliy test, darajali topshiriqlarni bosqichli bajarish komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ob’ektiv baholash imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash vositalari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqotlar natijalari asosida:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishda loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlari “SATIA”, “Kompas”, “AutoCAD”, “MathCAD” dasturlarini  amaliyotga joriy qilish orqali ta’lim jarayonining tashkiliy-maqsadiy, mazmuniy, texnologik, natijaviy komponentlari mazmunini takomillashtirishga doir takliflardan “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 89-03-483-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash vositalari asosida takomillashuviga xizmat qilgan;
“Kompyuterli loyihalash” o‘quv fanini fanlararo o‘quv moduli asosida o‘qitishda talabalarning axborot-kommunikatsion tayyorgarligini takomillashtirishning konseptual asoslari (modulli, kompetensiyaviy, mantiqiy, axborot yondashuv)ni joriy etish orqali kompyuterli loyihalash vositalari (CAD/CAM/CAE (Computer Aided Design/Computer Aided Manufacturing/Computer Aided Engineering))ni qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga oid taklif va tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5111000 – Kasb ta’limi (Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 89-03-483-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklif va tavsiyalar kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy tayyorlash sifatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Kompyuterli loyihalash” fanini o‘qitishda CAD/CAM/CAE kabi kompyuterli loyihalash dasturlarini qo‘llash orqali talabalarning axborot-kommunikatsion tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan virtual va didaktik vositalar(loyihalash-konstruktorlik topshiriqlari, virtual laboratoriya ishlari, vizuallashtirilgan o‘quv mashqlar, test topshiriqlari va amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlar ishlanmalari) hamda “Kompyuterli loyihalash” darslik, “Ta’limda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanma, “Kompyuterli loyihalash” va “IYoD indikator va yoyilgan kuchlar diagrammasini qurish” mul`timediali ta’lim resurslari, shuningdek bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash vositalari asosida takomillashtirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 89-03-483-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini loyihalash faoliyatiga yo‘naltirish, nostandart vaziyatlarni echish orqali o‘z-o‘zini kasbiy takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish