Maxmudova Dilfuza Abdulazizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil` yo‘li poyi ishchi qatlamidagi lyossimon gruntlarning ko‘p martalik yuklamalar ta’siridagi mustahkamlik tavsiflari”, 05.09.02 – Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1364.
Ilmiy rahbar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti, DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xayat Zairovich, texnika fanlari doktori, professor; Bekmirzaev Diyorbek Abdugapparovich, PhD, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` yo‘llaridagi yo‘l poyi lyossimon gruntlarining ko‘p marta va qisqa vaqt ta’sir qiluvchi yuklamalar ta’siri ostida siljishga mustahkamligini asoslash uslublarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida tarqalgan lyossimon gruntdan qurilgan yo‘l poyiga ko‘p martalik yuklamalar ta’sir qilganda siljishga mustahkamligini aniqlash uchun uni namligi, zichligi va ta’sir soniga bog‘liq holda mavjud konstruktiv echimlar takomillashtirilgan;
yo‘l poyi gruntlarini namlanish manbalarini o‘rganish asosida hisobiy namlikni aniqlash usuli takomillashtirilgan;
yo‘l poyi lyossimon gruntiga ko‘p martalik yuklamalar ta’sir etganda uning xossalarining o‘zgarishini mavjud qonuniyatlari takomillashtirilgan;
yo‘l poyi ishchi qatlamidagi lyossimon gruntlarning mustahkamlik tavsiflarini uni namligi, zichligi va ko‘p martalik yuklamalar ta’sirida bo‘lganda aniqlash ifodasi mavjud bog‘liqliklar orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Lyossimon gruntlarining ko‘p marta va qisqa vaqt ta’sir qiluvchi yuklamalar ta’siri ostida siljishga mustahkamligini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan lyossimon gruntlarining ko‘p marta va qisqa vaqt ta’sir qiluvchi yuklamalar ta’siri ostida siljishga mustahkamligi me’yoriy hujjatlarda, jumladan MQN 29-2007 “Avtomobil` yo‘llari ko‘tarmalarining zichlanganlik darajasini nazorat qilishning texnologik qoidalari”, MQN 46-2008 “Nobikir yo‘l to‘shamalarini loyihalash bo‘yicha yo‘riqnoma”, IQN 70-12 “Yo‘l poyining suv-issiqlik tartibini boshqarishni loyihalash uslublari bo‘yicha qo‘llanma”, IQN 84-13 “O‘zbekistonning turli regionlarida avtomobil` yo‘llari gruntlarini zichlik normalari bo‘yicha yo‘riqnoma”, IQN 121-17 “Yuqori namlikdagi gruntlardan avtomobil` yo‘llarining poyini qurish buyicha yo‘riqnoma” kabi soha me’yoriy hujjatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 03/4608-2523-son ma’lumotnomasi). Natijada mustahkamlik ko‘rsatkichlardan yo‘l to‘shamalarini loyihalash davrida hisobga olinganda yo‘l to‘shamasining xizmat muddatida ekspluatatsion harajatlarning kamayishiga imkoniyat yaratilgan;
ishlab chiqilgan lyossimon gruntlarining ko‘p marta va qisqa vaqt ta’sir qiluvchi yuklamalar ta’siri ostida siljishga mustahkamlik tavsiflari 4R-150 Qo‘qon-Mulkobod avtomobil` yo‘lining yo‘l to‘shamasi konstruksiyasini loyihalashga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 03/4608-2523-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘l to‘shamasining xizmat muddati 2 yilga uzaygan, 1 km uzunlikdagi avtomobil` yo‘lidan keladigan iqtisodiy samaradorlik yiliga 60 mln. so‘mni tashkil etgan.