Shuxratov Sharof Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani yirik chiqindilardan tozalagichning ishchi organlari konstruksiyalarini takomillashtirish, parametrlarini va ishlash rejimlarini xisoblash uslublari”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T78.
Ilmiy rahbar: Maksudov Ravshan Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Rustam Murodovich, texnika fanlari doktori, professor; Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani yirik iflosliklardan tozalagich mashinasining takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish, parametrlarini aniqlash asosida tozalash samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tebranuvchi kolosnikli yirik iflosliklardan tozalash seksiyasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
arrali va cho‘tkali baraban yuritmasini o‘z ichiga olgan yirik iflosliklardan tozalash mashina agregatlari dinamika masalalarini echish asosida ishchi organlarning burchak tezliklarini o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
tozalash va titkilash jarayonidagi asosiy yuklanish arrali-kolosnik sistemasining yuqori zonasida ekanligi aniqlangan;
yirik iflosliklardan tozalagichning tasmali uzatmasi bikrlik koeffisientini o‘zgarishining burchak tezliklarning nochiziqli o‘zgarishiga bog‘liqlik grafiklari tuzilgan; 
tasmali uzatmaning aylanma bikrlik koeffisienti ortishi burchak tezliklarning notekislik koeffisientlarini kamayishiga olib kelishi aniqlangan;
paxtadan kelayotgan texnologik yuklanishlarning rezina asosli kolosnikning siljish va tezlik amplitudalarini o‘zgarishiga bog‘liqlik grafiklari qurilgan;
uzatma parametrlari va elektrodvigateldagi yuklanishlarning burchak tezliklar o‘zgarishiga bog‘liqlik qonuniyatlari olingan, ularni tozalash samaradorligi yuqori, tolaning shikastlanishi past va ifloslikning paxta bilan o‘tib ketishi kamayadigan qiymatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
paxta tozalash agregatini arrachali tozalash seksiyasini modernizatsiya qilish orqali takomillashtirilgan tozalash texnologiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi “Olimkent” korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 17 apreldagi 02-32/2371-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy tozalash samaradorligi 3,23% ga oshishini, tola iflosligi va nuqsonlar yig‘indisi 0,48% ga, chigitning mexanik shikastlanishi 1,32% ga, tozalangan paxtadagi erkin tolalar miqdori 0,115% ga kamayishini ta’minlagan;
Takomillashtirilgan yuritish mexanizmlari bo‘lgan tozalash agregatini “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi “Piskent” paxta tozalash korxonasida 2018 yil joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 17 apreldagi 02-32/2371-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy tozalash samaradorligi 13,14% ga oshishini, tola iflosligi va nuqsonlar yig‘indisi 0,55% ga, chigitning mexanik shikastlanishi 1,05% ga, tozalangan paxtadagi erkin tolalar miqdori 0,103% ga kamayishini ta’minlagan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish