Imomqulov Qutbiddin Boqijonovichning

doktorlikdissertatsiyasihimoyasihaqidae’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kam energiya sarflab tuproqqa ishlov beradigan mashinalarni yaratish», 05.07.01–«Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.T77.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, 14.07.2016.T.07.01.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor; Axmetov Adilbek Agabekovich, texnika fanlari doktori; Murodov Nusrat Murtazaevich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: tuproq bilan ochiq kesish sharoitida ta’sirlashadigan ish organlariga ega energiya va resurstejamkor tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tuproqni ochiq kesish sharoitidaishlayotgan uch yoqli va tik pona ko‘rinishidagi ish organlari ta’siri ostida deformatsiyalash va parchalash uchun texnik echimlar ishlab chiqilgan;

tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi va ish organlari ochiq kesish sharoitida ishlaydigan energiyatejamkor chizel-kultivatorning texnologik va konstruktiv sxemalari ishlab chiqilgan;

tuproqqa ag‘darmasdan chuqur ishlov beruvchi kam energiya sarfiga ega yassikeskich-chuquryumshatkichning texnologik va konstruktiv sxemalari ishlab chiqilgan;

tuproqni ochiq kesish sharoitidaishlaydigan uch yoqli va tik pona ko‘rinishidagi ish organlari ta’siri ostida deformatsiyalanish va parchalanish jarayonlari uchun matematik modellar va analitik bog‘lanishlar majmuasi yaratilgan;

tuproq bilan ochiq kesish sharoitida ta’sirlashayotgan ish organlari sifat va energetik ko‘rsatkichlarini ularning parametrlari, ishlov berish chuqurligi va harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish tavsiflari aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kam energiya sarflab tuproqqa ishlov beradigan mashinalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

daladan bir o‘tishda uning yuqori qatlamini yumshatib, tekislab urug‘ ekish uchun mayin qatlam hosil qilib ketadigan  KM–3,0 kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zagromashservis» uyushmasining 2016 yil 4 oktyabrdagi 02/13-2016-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan mashinani qo‘llash erlarga ekishdan oldin ishlov berishda ekspluatatsion xarajatlar kamayishini ta’minlaydi;

tuproqqa asosiy va yuza ishlov berishda qo‘llaniladigan energiya-resurtejamkor chizel-kultivator va yassikeskich-chuquryumshatkichlar ishlab chiqilib, ular Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 8 apreldagi 02/23-511-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi erlarga ishlov berishda yoqilg‘i sarfini 1,3–1,4 martaga, moddiy xarajatlar sarfini 19,1–22,8 foizga kamayishi va ish unumini 1,3–1,5 martaga ortishiga olib keladi;

tuproqni ochiq kesish sharoitida ishlaydigan uch yoqli va tik pona ko‘rinishidagi ish organlari ta’siri ostida deformatsiyalanish va parchalanishiga doir yangi ilmiy-texnik echimlar QHF-2-003 «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida turli texnologik jarayonlarni qo‘shib bajaradigan mobil` energiya-resurstejamkor agregatlarni yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» grant loyihasida (2012–2016 yy.) traktorning oldi va orqasiga osiladigan seksiyalardan iborat erlarga ekish oldidan ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan mashina ish organlarining turi va shaklini tanlash, ularni ramada maqbul joylashtirish, ish organlari orasidagi bo‘ylama va ko‘ndalang masofalar, ularning o‘rnatilish burchaklari va qamrash kengligi hamda agregat harakat tezligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 7 oktyabrdagi FTK 03/13-671-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi tuproqqa ishlov beruvchi yangi mashinalarning energiya va material hajmdorligini kamaytirish, ish organlarining mustahkamligini ta’minlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish