Ruziev Zafar Rayimovichning

  doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari (konstitusiyaviy-huquqiy tahlil)», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /yuridik fanlar nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Yu31.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh, ilmiy darajasi va unvoni: Jalilov Shuhrat Ilhomovich, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, 14.07.2016.Yu 30.01 raqamli ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rahimov Fahri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Toshqulov Juraboy O‘rinbaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini yanada kengaytirishga, ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga, davlat vakolatlarini bosqichma-bosqich fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining O‘zbekiston Respublika-sining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunda belgilan-gan asosiy prinsiplari qatoriga «qonuniylik», «ijtimoiy sheriklik», «inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish» kabi prinsiplarni qo‘shish lozimligi asoslangan;

fuqarolar yig‘ini hududida xususiy tadbirkorlik, jumladan oilaviy tadbirkor-lik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivoj-lantirishga ko‘maklashishi» deb nomlangan yangi modda kiritish to‘g‘risidagi taklif ishlab chiqilgan;

fuqarolar yig‘inining raisi va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanishi hamda fuqarolar yig‘inining raisi va uning maslahatchilarini saylash tar-tibi qonun hujjatlari bilan belgilanishiga oid qoidani O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritish tak-lifi asoslangan;

fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari qatoriga «sog‘lig‘i holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uzoq vaqt mobaynida o‘z vazifasini bajarishga qodir bo‘lmay qolgan taqdirda», «u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda», «u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda», «u vafot etgan taqdirda» degan asoslarni qo‘shish zaruriyati asoslab berilgan;

sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning saylovlarda ishtirok etishi cheklangani bois, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi qoidani O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi Qonunda aniq belgilash to‘g‘risidagi taklif ishlab chiqilgan;

fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish
va o‘tkazish muddatlari (davomiyligi)ni belgilash hamda saylov kampaniyasini e’lon qiluvchi sub’ektni aniq ko‘rsatish lozimligi asoslangan;

fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish tartibini aniq belgilab qo‘yish zaruriyati isbotlangan;

fuqarolar yig‘ini raisi vazifasiga nomzodlarni ko‘rsatish tartibining aniq mexa-nizmini belgilash, shu jumladan nomzod ko‘rsatish ishchi guruh tomonidan tegishli hu-dudda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozimligi asoslangan;

fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish lozimligini kiritish, shuningdek belgilan-gan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar hamda qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar fuqarolar yig‘ini raisi vazifasiga saylanish uchun nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklif ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari doi-rasini yanada kengaytirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivoj-lantirishga ko‘maklashishi» deb nomlangan yangi modda kiritish kerakligi to‘g‘risidagi taklif ushbu Qonunning 17-moddasida, fuqarolar yig‘inining raisi va uning maslahat-chilarini saylash tizimiga aniqlik kiritishga qaratilgan taklif Qonunning 23-modda-sida hamda fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asos-larini aniqlashtirish bo‘yicha taklif Qonunning 24-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 16.12.2015 y., 06/18/698-sonli, O‘zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 16.11.2015 y., D-43-15-44-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining 19.01.2016 y., 08-04/18-sonli dalolatnomalari). Mazkur tak-liflar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarini yanada takomillash-tirishga xizmat qilgan.

fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovida sud tomonidan muoma-laga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning ishtirok etishini cheklashga oid taklif O‘zbe-kiston Respublikasining «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tka-zish muddatlarini va sub’ektlarini aniq belgilash to‘g‘risidagi taklifi ushbu Qonun-ning 10-moddasida, fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi bo‘yicha taklif Qonunning 16-modda-sida hamda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarga talablar belgilash to‘g‘ri-sidagi taklif Qonunning 17-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 16.12.2015 y., 06/18/698-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 16.11.2015 y., D-43-15-44-sonli dalolatnoma-lari). Mazkur takliflar fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi tizimini yanada takomillashtirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish