Jumanova Miyasar Ortikovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Angren qo‘ng‘ir ko‘miri asosida kompleks o‘g‘itlar va o‘simliklar o‘sish stimulyatorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA № 0001042/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.T474.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, 14.07.2016.K/T.14.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Saydiaxral, kimyo fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi; Jumaniyazov Maxsud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oksidlangan Angren qo‘ng‘ir ko‘miri, Qizilqum fosforitlari, ammofos, suprefos, fosfogips chiqindisi hamda bentonitlar asosida organik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini nitrat va sul`fat kislotalari aralashmasi bilan oksidlash jarayonining tarkibida gumin kislotalarini 4,1% dan 61,62% gacha ko‘tarib, azot oksidlarning yo‘qotilishi eng kam (3,49%) bo‘lishini ta’minlaydigan maqbul sharoiti aniqlangan;
ilk bor oksidlangan Angren qo‘ng‘ir ko‘miridan natriy, kaliy va ammoniy gidroksid eritmalari yordamida gumin kislotalarni ajratib olish kinetikasi va gumatlarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
oksidlangan qo‘ng‘ir ko‘mir va Markaziy Qizilqum fosforitlaridan mexanokimyoviy hamda kislotali ishlov berish orqali organik mineral o‘g‘itlar olish imkoniyatlari aniqlangan va o‘g‘itlarni donadorlash uchun presslash usuli ishlab chiqilgan;
ammofos va suprefos ishlab chiqarishning yarim mahsulotlari, fosfogips chiqindisi hamda oksidlangan qo‘ng‘ir ko‘mir asosida yangi turdagi organik mineral o‘g‘it olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
yuqori miqdorda gumin kislotalari tutgan donadorlangan ko‘mirgumin bentonitli o‘g‘it olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini nitrat va sul`fat kislotalari ishtirokida oksidlash, hosil bo‘lgan oksidlangan ko‘mir va mahalliy xomashyolar asosida organik mineral o‘g‘itlar texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar V Respublika innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalar yarmarkasida («O‘zekspomarkaz», 2012) «Ammofos-Maksam» aksiyadorlik jamiyati bilan amaliyotga joriy qilish yuzasidan shartnoma imzolandi (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 28 sentyabrdagi FTQ-0413/622-son ma’lumotnomasi) va oksidlangan Angren qo‘ng‘ir ko‘miri va bentonit asosida organik mineral o‘g‘it olish texnologiyasi «Ammofos-Maksam» aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga tatbiq etildi («Uzkimyosanoat» AJning 2016 yil 14 iyuldagi 03-2343/14 son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmaning joriy etilishi qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar samaradorligini 5–10% ga oshirish, tuproqning fizik-kimyoviy va meliorativ holatini yaxshilab, gumus miqdorini ko‘paytirish va Respublikamizda yuqori samarali, eksportbop organik mineral o‘g‘it ishlab chiqarish imkonini beradi.