Xudayarov Berdirasul Mirzaevichning

 doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘o‘zapoyali dalalarni pushtaga ekish uchun tayyorlashning ilmiy-texnikaviy echimlari», 05.07.01–«Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.16/B2016.2.T361.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, 14.07.2016.T.07.01.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Farmon Murtazoevich, texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Bayboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmetov Adilbek Agabekovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zapoyali dalada g‘o‘zapoyalarni yotqizib, ular ustida yangi pushta va mavjud pushtalar o‘rnida yangi egatlarni hosil qilish texnologiyasi va uni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

g‘o‘zapoyali dalalarni agregat yordamida bir o‘tishda pushtaga ekish uchun tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;

g‘o‘zapoyalarni bir yo‘la yon egatga yotqizish va ustiga tuproq ag‘darish orqali eski egat o‘rnida yangi pushta, mavjud pushta o‘rnida esa yangi egat hosil qilishni amalga oshiruvchi kombinatsiyalashgan agregatning prinsipial sxemasi va konstruksiyasi yaratilgan;

g‘o‘zapoyalarni egiltirish va pushta tuprog‘ini bo‘laklarga ajratib, ularning har birini yon egatga alohida ag‘darib, yangi pushta hosil qiladigan samarali usul ishlab chiqilgan;

kombinatsiyalashgan agregat va uning ish organlarini g‘o‘zapoya hamda tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida ish organlarining ratsional parametrlari aniqlangan;

g‘o‘zapoyali dalalarni pushtaga ekish uchun tayyorlashda egiltirgich, sferik disk, yassi disk va pushtaolgich kabi ish organlaridan tashkil topgan kombinatsiyalashgan agregat yaratilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

G‘o‘zapoyali dalalarni bir o‘tishda pushtaga ekish uchun tayyorlash texnologiyasi va uni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

g‘o‘zapoyali daladan bir o‘tishda g‘o‘zapoyalarni egatga yotqizib ustida yangi pushta, mavjud pushta o‘rnida esa yangi egat hosil qilish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining uchta ixtiroga patentlari olingan («Chopiq ekinlarini pushta va jo‘yaklarga ekish uchun erni tayyorlash usuli»,
№IAP 02613–2005y.; «Jo‘yaklarda haydaladigan ekinlarni ekish uchun erni tayyorlash usuli» №IAP 03071–2006y.; «Tuproqqa ishlov berish va ekish usuli» №IAP 04004–2009 y.). Ilmiy natijalar paxtachilik sohasida an’anaviy texnologiyaning o‘rnini bosuvchi energiya-resurstejamkor texnologiyalarni yaratish imkonini bergan;

paxta dalalarini shudgorlamasdan ekishga tayyorlashda qo‘llaniladigan tuproqqa ishlov beruvchi qurollar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining uchta ixtiroga patentlari olingan («Tuproqqa ishlov beruvchi mujassamlashgan qurol», №IAP 03192–2006 y.; «Tuproqqa ishlov berish quroli», №IAP 03148–2006 y. «Tuproqqa ishlov berish va ekish uchun mujassamlashgan qurol», №IAP 03618–2008 y.). Olingan natijalar asosida amaliyotda alohida mashinalar bilan bajariladigan texnologik jarayonlarni bir o‘tishda bajarib ketadigan kombinatsiyalashgan agregatlar ishlab chiqilgan;

g‘o‘zapoyali dalalarni pushtaga ekish uchun tayyorlash texnologiyasi va kombinatsiyalashgan agregat
2008–2014 yillar davomida Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Bekobod tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015 yil 28 noyabrdagi 02/23–998-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining amaliyotga joriy qilinishi yonilg‘i-moylash materiallarini 3,3 marta, umumiy mehnat sarfini 3,5 marta va foydalanish harajatlarini 2,8 martagacha kamaytirish, ish unumini 3,4 marta oshirish, tuproq unumdorligini yaxshilash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish