Keruenov Turganbay Arazmedovichning

  doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «XIX asr qoraqalpoq she’riyatida mif va rivoyatlarning qo‘llanilishi», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili, qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: LA № 0001057, Mustaqil izlanuvchi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2Fil453.

Ilmiy maslahatchining familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Qurbanbay Kudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.Fil.05.01 raqamli ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Allamberganov Kengesbay, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori; Bahadirova Sarigul,  filologiya fanlari doktori,  professor.

Yetakchi tashkilot:   Urganch  davlat  universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq mumtoz she’riyatidagi mif va rivoyatlarning yozma adabiyotga ta’sirini Kunxoja, Ajiniyoz, Berdaq va O‘tesh shoir badiiy mahorati bilan bog‘liq holda mifning badiiy matnga diffuziyasini aniqlashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

qoraqalpoq she’riyatidagi mif va rivoyatlarning genetik ildizlari animizm, fetishizm, totemizm singari arxaik tasavvurlarga bog‘lanishi isbotlangan; 

qoraqalpoq she’riyatida qo‘llangan mifologik obraz va motivlarning voqelik tasviri va lirik qahramon kechinmalarining milliy tabiatini belgilashdagi poetik vazifalari aniqlangan;

mif va rivoyat janrlari epik diffuziyasining qoraqalpoq mumtoz adabiyoti taraqqiyotini ifodalovchi badiiy-estetik tamoyillari belgilangan;

mifologizm va fol`klorizmlarning badiiy asar xalqchilligini ta’minlash, kompozision qurilishini shakllantirish, syujet va motivlar tarkibini boyitish kabi funksional-semantik xususiyatlari ochilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

XIX asr qoraqalpoq mumtoz shoirlari adabiy merosining yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida  tarbiyalashdagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlar «Qoraqalpog‘iston» teleradiokompaniyasining 2016 yil iyun` oyidagi «Meros» ko‘rsatuvi va «Adabiyot va davr» madaniy-ma’rifiy eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2016 yil  16 avgustdagi 01/01-339-340-raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar qoraqalpoq mumtoz shoirlari ijodiy merosini o‘rganish orqali nomoddiy madaniy merosning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni hamda xalq ma’naviy hayotini va ijtimoiy munosabatlarning poetik talqinini ochib berish imkonini bergan;

qoraqalpoq fol`kloridagi mif va rivoyatlarning o‘ziga xos janr xususiyatlari, tasnifi va badiiyatiga doir ilmiy-nazariy konsepsiyalari II-FA-0-14244 «Qoraqalpoq xalq prozasining avval nashr qilinmagan namunalarini nashrga tayyorlash va chop etish (100 jildlik «Qoraqalpoq fol`klori» to‘plami bo‘yicha, 2014–2015)» mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasida «Qoraqalpoq fol`klori» 100 jildligining 77–78-jildlarida (O‘zR FAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2016 yil  23 may sanasidagi 79/1-raqamli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Mif turlarini asoslashga doir konsepsiyalarning tatbiq etilishi natijasida qoraqalpoq xalq miflari va rivoyatlarini nashrga tayyorlashning ilmiy mezonlari takomillashtirilib, har bir asar matnini ilmiy izohlar va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlash imkonini bergan;

qoraqalpoq mumtoz adabiyotida miflarning nazariy va amaliy masalalariga doir xulosalari FA–F1-GOO2  «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish» (2012–2016) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (O‘zR FAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2016 yil  23 may sanasidagi 79/1-raqamli ma’lumotnomasi) qo‘llanilishi natijasida mif va rivoyatlarning janriy xususiyatlarini yoritishda muhim asos bo‘lgan;

Berdaq asarlarining  badiiy xususiyatlari, shoir ijodining xalqchilligi va unda fol`klor an’analarining o‘rniga  doir yangi ma’lumotlar hamda nazariy xulosalar Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq milliy muzeyining «Berdaq shoir davri» bo‘limini shakllantirishda qo‘llanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2016 yil 22 avgustdagi 01-22-01/46-raqamli ma’lumotnomasi). Bunda taraqqiyparvar qoraqalpoq shoirlari, jumladan Berdaq ijodining ma’naviy-ma’rifiy yangiliklarini joriy etish va davrning dolzarb ijtimoiy munosabatlarining poetik talqinini ochib berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish