Nasriddinov Sayfillo Saidovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kremniy asosida nikel atomi nanoklasterili termodatchikni ishlab chiqish va uni tayyorlash texnologiyasi», 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /fizika-matematika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/ V.2016.2T.323.

Ilmiy maslahatchi: Egamberdiev Baxrom Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti va Samarkand davlat universiteti huzuridagi 16.07.2013.FM/T.12.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Muminov Ramitzulla Abdullaevich fizika-matematika fanlari doktori, akademik;

Abdukadirov Muxitdin Abdurashitovich texnika fanlari doktori, professor; Aliev Raimjon texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

  II. Tadqiqotning maqsadi: nikel nanoklasterili yuqori sezgir harorat datchiklari olishning diffuzion texnologiyasini mukammallashtirish va ular asosida ob’ektlardagi harorat bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaruvchi asboblar kompleksi va parametrlari stabil hamda har xil tashqi ta’sirlarga chidamli sistemalarni ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kremniy hajmida nikel atomlari nanoklasterlarini hosil bo‘lishini ta’minlovchi uch bosqichli, ya’ni har bir bosqichda harorat (300÷600; 600÷900; 900÷1250 ºS) ma’lum tezlikda (5 grad/min) oshirilib, ma’lum daqiqada (10 minut) o‘zgarmas holda saqlanib, keyin 100 grad/sek tezlikda pasayti-rilishidan iborat nikelni kremniyga diffuziya qilish usuli ishlab chiqilgan;

nikel bilan legirlangan kremniyli strukturalarga omik kontaktlar olish uchun nikel metali kimyoviy usulda hajmiga nikel diffuziya qilingan kremniy yuzasiga o‘tkazilib 10 minut davomida 650 gradusda termik ishlov berishdan iborat yuqori legirlangan qatlam olish texnologiyasi yaratilgan;

ilk bor nikel nanoklasterlari kiritilgan kremniy asosida sezgirligi yuqori (7800 K) bo‘lgan va chiqish xarakteristikalari stabillashgan harorat datchigi tayyorlangan hamda uni tayyorlash texnologiyasining marshruti amalga oshirilgan;

operatsion kuchaytirgich yordamida korrektorlovchi teskari bog‘lanish kiritish evaziga termodatchikning o‘tish jarayonlarini bir darajaga kamaytirish mumkinligi tajribada ko‘rsatilgan;

nikel bilan ligerlangan kremniyli harorat datchiklarining tok tashuvchilar konsentratsiyasi 1016 sm-3 dan yuqori bo‘lganda 106 rentgen dozali gamma radiatsiyasi ta’sirida ularning solishtirma qarshiligi sezilmas darajada o‘zgarishi, ya’ni radiatsiyaga chidamliligi, tok tashuvchilar konsentratsiyasi 1014 sm-3 dan kichik bo‘lganda esa (5÷10)∙106 rentgen doza ta’sirida o‘tkazuvchanlik tipining o‘zgarishi.(n→p) tajribada aniqlangan;

talab qilinayotgan parametrlarga qarab (sezgirligi, narxi, aniqligi va h.k.) kompyuter yo‘li bilan modellashtirish asosida datchikning shaklini, kontakt chiqishlarini, himoyalash qatlamini va o‘lchovchi sxema parametrlarini tanlash imkonini beruvchi harorat datchigi asosida o‘lchagich o‘zgartgichni optimal strukturaviy parametrik loyihalash usuli taklif qilingan;

harorat datchiklarining statistik xarakteristikalarining nochiziqligi va issiqlik inersionligi bilan xarakterlanuvchi xatoliklarni, kerakli chegaraviy harorat intervalini tanlash yo‘li bilan kamaytirish mumkinligi aniqlangan.

  IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:

keng ishchi diapazoniga ega bo‘lgan (-40÷180 ºS) termosezgir datchikga O‘zbekiston Respublikasi patenti olingan Termodatchik, (UZ IAP 04778 29.11.2013y.). Ishlab chiqilgan termodatchik sanoat asboblari, ilmiy ob’ektlar va har hil ho‘jalik qurilmalari hamda sub’ektlarning haroratini nazorat qilish imkoniyatini yaratadi:

parametrlari stabil hamda har xil tashqi tasirlarga chidamli termo-sezgir datchiklar partiyasi «FOTON» Ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqilgan va ular asosida yaratilgan haroratni o‘lchovchi qurilmalar Qashqadaryo viloyatining paxta tozalash punktlarida paxta chigitining unib chiqish qobiliyatini talab darajasida saqlab qolish uchun ishlatilgan («FOTON» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 30 iyundagi ma’lumotnomasi). Ishlanmani joriy qilish termodatchiklaring parametrlari va barqarorligini tashqi ta’sirlarga chidamliligini ta’minlagan;

haroratni o‘lchovchi besh kanalli mikroprotsessorli termosezgir quril-malar don saqlovchi inshootlarda (elevator) bug‘doy mahsulotlari harorati-ni kuzatish uchun ishlatilgan («Galla-Altek» ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 04 iyuldagi ma’lumotnomasi). Ishlanmani joriy qilish don mahsulotlari saqlashning stabil sharoitlarini ta’minlash evaziga ularning sifatini saqlab qolish va isrof bo‘lishining oldi olingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish