Rafiqova Nodiraxon A’zamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiat va jamiyat munosabatlarini optimallashtirishning ekologik-geografik asoslari (O‘zbekiston hududi misolida)», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/Gr112.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: O‘razbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Amanbaeva Ziyoda Abdubaisovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tabiatdan foydalanishda tabiat va jamiyat munosabatlarini ekologik-geografik jihatdan optimallashtirishni ilmiy asoslash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiat bilan jamiyat munosabatlarining keskinlashuvi tabiatdan foydalanish xususiyatiga (gidromodul` me’yorga amal qilmaslik, yaylovlardan foydalanishda fitomassani hisobga olmaslik, konlarni rekul`tivatsiya qilmaslik) dinamik bog‘liqligi ekologik jihatdan asoslangan va turkum kartalari yaratilgan;
tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik-geografik jihatlari (ekologik asoslanganlik, me’yorga yarasha foydalanish, ikkilamchi resurslardan foydalanish) landshaft indikatsiya metodi asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston tabiat komplekslarining antropogen omillar (9 ta ko‘rsatkich) ta’sirida 2025–2035 yilgacha o‘zgarish darajalari prognozi ishlab chiqilgan;
tabiatdan foydalanishda tabiat komplekslarining ekologik holatidan kelib chiqib, ekspertli-Del`fi, Pattern, statistik model`, g‘oyalar generatsiyasi usullari yordamida “tabiat va jamiyat” klasteri ishlab chiqilgan;
tabiat va jamiyat munosabatlarini optimallashtirish bo‘yicha tabiiy geografik qonuniyatlarni (landshaft komponentlarining modda va energiya almashuvi orqali bog‘liqligi, landshaftlarning zonallik, azonallik, balandlik mintaqalanishi, davriylik qonuniyatlari) inobatga olgan holda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tabiat va jamiyat munosabatlarini optimallashtirishning ekologik-geografik asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
antropogen va texnogen xarakterdagi fizik va kimyoviy omillarning tabiat komplekslariga salbiy ta’sirini tavsiflovchi xaritalar Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 28 oktyabrdagi 02-08-7758-son ma’lumotnomasi). Natijada er resurslariga etkazilayotgan salbiy ta’sirni ruxsat etilgan me’yor (REM) darajasida saqlash imkonini bergan;
tabiiy resurslardan xo‘jalikda me’yorida foydalanishning takomillashtirilgan usullari Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 28 oktyabrdagi 02-08-7758-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy aholining ekologik muhitni yaxshilash va tabiiy resurslaridan xo‘jalikda foydalanishni tartibga solishda qo‘shimcha imkoniyatlar bergan;
O‘zbekiston tabiat komplekslarining antropogen omil ta’sirida 2025-2035 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘zgarish prognozi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 noyabrdagi 02-02/8-1529-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning qumli tekisliklarida, del`talarida, tog‘oldi adirlarida ekologik vaziyattni barqarorlashtirish, tabiiy resurslardan foydalanishni me’yorlashtirish imkonini bergan;
tabiatdan foydalanishda tabiat komplekslarining ekologik holatini hisobga olishni ta’minlaydigan “tabiat va jamiyat” klasteri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 noyabrdagi 02-02/8-1529-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi punktlarida maishiy chiqindilarni to‘plash, saralash va zararsizlantirish ob’ektlarini barpo qilish orqali atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirish imkonini bergan;
sanoat, transport va qishloq xo‘jaligida tabiat komplekslarining ekologik holatidan kelib chiqib, asoslangan tabiatdan foydalanishni amalga oshirish chora-tadbirlari Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 28 oktyabrdagi 02-08-7758-son ma’lumotnomasi). Natijada er-suv resurslaridan foydalanish hamda turli xo‘jalik faoliyatida atrof-muhitga maishiy chiqindilar chiqarishni kamaytirish imkonini bergan.