Sayt test rejimida ishlamoqda

Sidikov Isamidin Xakimovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noaniqlik sharoitida dinamik ob’ektlarni boshqarish jarayonlarini intellektuallashtirish modellari va algoritmlarini yaratish», 05.01.08 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish» (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/. 

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5T309.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti hamda Energetika va avtomatika instituti, 16.07.2013.T.02.01.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Igamberdiev Xusan Zakirovich texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmuratov Tulkin Fayzievich texnika fanlari doktori, professor, akademik; Adilov Farux Tulkunovich texnika fanlari doktori; Nazarov Ulug‘bek Sultonovich texnika fanlari doktori, professor.   

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: noaniqlik sharoitida dinamik ob’ektlarni boshqarish jarayonlarini intellektuallashtirish modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.

  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: echiladigan masalalarning asosiy sinflari aniqlangan va noaniqlik sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan dinamik ob’ektlarning boshqarish jarayonlarini intellektuallashning tamoyillari ishlab chiqilgan;

zamonaviy boshqarish nazariyasi va intellektual texnologiya usullarining integratsiyasi asosida ishlab chiqarish vaziyatlari noaniqlik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi dinamik ob’ektlarni boshqarish jarayonini intelektuallashgan tizimini yaratishning yangicha sifat ko‘rinishidagi yondashuvi ishlab chiqilgan;

dinamik ob’etlarning boshqarish tizimlarini moslashuvchan xossaga ega bo‘lgan va boshqariluvchi jarayonlarning dinamik xususiyatlarini hisobga oluvchi mavjud turli modellardan farq qiluvchi intellektuallashgan gibrid modellar majmuasi ishlab chiqilgan;

dinamik ob’ektlarning modellashtirish algoritmlarini tadqiq qilishning boshqarish qarorini qabul qilish va eng yaxshi modelini tanlash masalalarining echimini ta’minlovchi modellashtirish samarali algoritmlari yaratilgan;

strukturasi, parametrlari va vaziyatlari noaniqlik sharoitidagi o‘zida an’anaviy avtomatik boshqarish nazariyasi usullari va intellektual boshqarish tamoyilini jamlagan dinamik ob’ektlarni boshqarish masalasini intellektuallashgan echuvchisi yaratilgan;

dinamik ob’ektlarni adaptiv neyro-qat’iymas va bashoratlash modellari asosida ob’ektning o‘lchanmaydigan koordinatalarini aniqlash, boshqarish tizimining parametrlarini korreksiyalash va sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;

noaniqlik sharoitida sanoat ob’ektlarini boshqarish masalalarini samarali echishda identifikatsiyalash va genetik algoritmlar kombinatsiyasi shaklidagi interaktiv adaptatsiyalash usuliga asoslangan dinamik ob’ektlarning boshqarish tizimini moslashuvchan neyro-qat’iymas sintezlash algoritmlari yaratilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Adaptiv neyro-qat’iymas boshqarish sistemalari va gibrid modellari asosida yaratilgan instrumental dasturiy vositalar asosida «O‘zbekenergo» Davlat Aksiyadorlik Kompaniyasi tizimiga kiruvchi korxonalarda, jumladan, JSCJV «Deutsche Kabel AG Tashkent», «Delta Net» MChJ, «Yangi texnologiyalar» ilmiy-tadqiqot markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekenergo» DAK ning 2016 yil 12 maydagi DI-01-21/1953-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari dinamik ob’ektlarni avtomatlashgan monitoringi va intellektuallashgan boshkarish jarayonida axborotlar oqimini qayta ishlash va tahlil qilish jarayonini 1,26 martaga qisqartirish, texnologik ob’ektlarning  energiya ta’minotida energiya sarfini 1,15 foizga kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish