Nuraliev Faxriddin Murodillaevichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektromagnit maydonlarning yupqa elektr o‘tkazuvchan jismlarning deformatsion holatiga ta’sir etish jarayonlarini R-funksiya usulida matematik modellashtirish», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / fizika-matematika fanlari nomzodi /.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T302.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.29.01.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazirov Shodmankul Abdirozikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich texnika fanlari doktori, professor; Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna texnika fanlari doktori, professor; Narmuradov Chori Begalievich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkentdagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektromagnit maydonlarning yupqa elektr o‘tkazuvchan jismlarning deformatsion holatiga ta’sir etish jarayonlarini R-funksiya va sonli-analitik usullarida matematik modellashtirishning algoritmlari va dasturiy vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elastiklikning chiziqlilik nazariyasi va Lorens elektromagnit kuchini hamda Gamil`ton-Ostrogradskiy umumlashgan variatsion hisoblash usulini inobatga olgan yupqa elektro‘tkazuvchan jismlarga elektromagnit maydonning ta’siri jarayonini matematik modeli ishlab chiqilgan;
R-funksiya va Bubnov-Galerkin variatsion usullarini birgalikda qo‘llagan holda murakkab konstruksion konfiguratsiyali yupqa elektro‘tkazuvchan jismlarga (plastina va qobiq) elektromagnit maydonning ta’sirini boshlang‘ich-chegaraviy shartlarda izohlovchi xususiy hosilali differensial tenglama tizimini echishning sonli-analitik usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
murakkab konstruksion konfiguratsiyali (g‘ovakli) magnitoelastik plastina va qobiqlarning qattiq mahkamlangan, sharnir-tayangan chegaraviy shartlarni qoniqturuvchi echimlar majmuasi va tuzilmasi ishlab chiqilgan;
murakkab konstruksion shakldagi yupqa plastina va qobiqlarning magnitoelastiklik sinfiga mansub masalalarni echish algoritmlari va yupqa jismlarning magnitoelastiklik darajasini hisoblashning dasturiy vositalari majmui ishlab chiqilgan;
sonli echimlarni aniq analitik echimlar bilan taqqoslash va echimlar tuzilmasining koordinat funksiyalar soniga nisbatan o‘tkazilgan tahlil yaqinlashishga va yupqa elektro‘tkazuvchan jismlarning magnitoelastikligiga erishilganligi asoslangan;
murakkab konstruksion shaklli yupqa elektro‘tkazuvchan jismlarning elektromagnit maydonning statik va dinamik ta’siri darajasini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektromagnit maydonlarning yupqa elektr o‘tkazuvchan jismlarning deformatsion holatiga ta’sir etish jarayonlarini R-funksiya usulida matematik modellashtirish elektromagnit va deformatsion maydonlarning o‘zaro ta’siriga oid masala-lar sinfini echishni avtomatlashtirishning dasturiy vositalar kompleksi, R-funksiya konstruktiv usuli va Bubnov-Galerkin variatsion usuli asosida tuzilgan hisoblash algoritmlari «Uzbekximmash zavodi» hamda «Algoritm-Injiniring ITI»da qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yil 22 iyundagi № 24-8/2475-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijalari elektromagnit maydonlarningyupqa elektr o‘tkazuvchan jismlarning deformatsion holatiga ta’sir etish jarayonlarini R-funksiya usuli va matematik modellashtirish algoritmlari yordamida murakkab geometrik konfiguratsiyaga ega yupqa elektro‘tkazuvchan jismlarga elektromagnit maydon ta’sirini aniqlash jarayonini avtomatlashtirish imkonini bergan.