Azizov Baxadir Sadikovichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «OIV/OITSli bemorlarda terining bakterial zararlanishi», 14.00.11 – dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № 30.09.2014/B2014.5.Tib409
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismailova Guli Amindjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 16.07.2013.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Butov Yuriy Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Sabirov Ulug‘bek Yusufxanovich, tibbiyot fanlari doktori; Aripova Tamaraxon Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: A.I. Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
OIV bilan zararlangan, opportunistik - terining bakterial kasalliklari (piodermiyalar) aniqlangan bemorlarda, etiopatogenetik mexanizmlarni inobatga olgan holda profilaktika va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
OIV-infeksiyali bemorlarda patogen, shartli patogen va saprofit bakteriyalar shtammlari piodermiyalarning qo‘zg‘atuvchiligi isbotlangan;
OIV-infeksiyali bemorlarda teri mikrobiotsinozining miqdoriy, sifatiy o‘zgarishlari va piodermiyalarning klinik belgilarini og‘irlik darajasi orasida korrelyasiya mavjudligi aniqlangan;
OIV infeksiyasi fonida kechuvchi birlamchi va ikkilamchi piodermiya-larda regulyator T-limfotsitlarning: CD4+, CD8+, CD16+ funksional faolligining keskin pasayishi fonida disimmunoglobulinemiya va V-limfotsitlarning poliklonal faolligi va limfotsitlar aktivatsiya markerlari: CD25+, CD38+, CD95+ ekspressirlovchi reseptorlar disbalan-si aniqlangan;
piodermiyali OIV infisirlangan bemorlarda yallig‘lantiruvchi sitokinlar disproporsiyasi turli klinik bosqichlarda IL-1, IL-8, IL-18 ishlab chiqarilishi ortishining (OIV-infeksiya-sining bosqichlariga qarab ko‘payishi 2,2-5,4 marta) namoyon bo‘lishishi va yallig‘lanishga qarshi IL-10 sitokin ishlab chiqarilishining pasayishi (OIV-infeksiyasining II-klinik bosqichida 2,5 martagacha) kasallikning avj olishiga va og‘ir darajasiga o‘tib ketishiga ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Ilmiy natijalarning joriy qilinishi:
OIV-infeksiyali bemorlardagi opportunistik piodermiyalarining takomillashtirilgan davolash usuli yuzasidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan: Respublika teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi, Toshkent shaxar teri-tanosil kasalliklari dispanseri, Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti (OIV-infisirlangan bemorlarni davolash bo‘limi) faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 27 iyuldagi 8n-d/44-son va 2016 yil 11 martdagi 8n-z/49-son ma’lumotnomalari). Bu usul OIV/OITS piodermiyali bemorlar terisining mikrobiotsenozini, hujayraviy immun tizimi va sitokin ko‘rsatkichlarini me’yorga yaqinlashishiga va bemorlarning statsionarda bo‘lish davrini 4,5 kunga qisqartirish imkonini yaratdi.