Sayfutdinova Sayyora Raupovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda periventrikulyar leykomalyasiyaning klinik-patogenetik va immunologik parallellari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.3.DSc/Tib390.
Ilmiy rahbar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogova nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda periventrikulyar leykomalyasiyaning klinik-patogenetik va immunologik parallellari asoratlarni kompleks baholash va kasallik asoratlarni neyroprotektorlar yordamida davolash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor PVL va PAQQning etiologiyasi, kasallikning davomiyligiga va patologik o‘choqning tarqalishiga bog‘liq holda asoratlar tuzilmasi asoslangan; 
ilk marta PVLda o‘zbek populyasiyasidagi bolalarda V Leyden, G 20210A protrombin II omilining gen kandidatlar polimorfizmi isbot-langan;
ilk bor V Leyden omili va G 20210A protrombin II omil mutatsiyasining chala tug‘ilgan bolalardagi PVLga va bosh miya ichiga qon quyulishlarini rivojlanishiga –trombofilik havf omillarining ta’siri isbotlangan;
ilk bor FII, FV omil stimulyatorlari polimorfizmi, qon ivish omillari–ivishni past bo‘lishi nafaqat bosh miya ichi qon quyulishlari havfini oshirishi mumkinligi, balki vaqtidan oldin tug‘ilgan bolalarda bosh miya qon aylanish holatiga salbiy ta’sir etib, PVLni rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillar isbotlangan;
ilk bor PVLning tiklanish davrida bosh miyadagi tuzilmaviy buzilishlar va intrakranial qon aylanishi ko‘rsatkichlari, nevrologik statusni me’yorlashish tempiga neyroprotektorlarni qo‘llash bilan taklif etilgan davolash sxemasini samaradorligiga ta’sir qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda perivent-rikulyar leykomalyasiyaning klinik-patogenetik va immunologik parallelari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar asosida quyidagilar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi:
«Bolalarda periventrikulyar leykomalyasiyaning olib borishni davolash-diagnostik algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2019 yil 20 iyundagi №8n-d/154-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bolalarda periventrikulyar leykomalyasiyani tashxislash, tashxislashda immunologik va genetik parrallellarni topish va kasallikni diagnostikasi va davolash algoritmini ishlab chiqish, mazkur bemorlari hayot sifatini yaxshilanish imkonini bergan;
«1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda periventrikulyar leykomalyasiyalar» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi №8n-d/218-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda periventrikulyar leykomalyasiyalarni baholash, kasallikni rivojlanish xavf omillarni aniqlash va samarali tashxislash va davolash tizimi yaratish imkonini bergan.
Bolalarda periventrikulyar leykomalyasiyaning klinik-patogenetik va immunologik parallellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining chaqaloqlar nevrologiyasi bo‘limi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi № 8n-z/254 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalarda periventrikulyar leykomalyasiyani tashxislash va bosh miya ichi qon quyulishlarini rivojlanishiga V Leyden omili va G 20210A protrombin mutatsiyasi trombofilik havf omillari ta’sirini baholash, kasallikning kechishida asab tizim holati tashhislashini ob’ektivlashtirishga va davolash samaradorligini oshirish hamda bemorlarning salomatligini yaxshilanishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish