Tilavberdiev Shuxrat Artikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immunokompromentiv bemorlarda chuqur mikozlar: klinika, tashxislash, davolash va profilaktika», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib305.
Ilmiy maslahatchi: Klimko Nikolay Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Kolbin Aleksey Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunokompromentiv bemorlarda chuqur mikozlarning klinikasi, tashxislash, davolash va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor LIFE PROGRAM xalqaro modeli yordamida O‘zbekiston Respublikasi hududida mikozlarni sezilarli darajada tarqalganligi   isbotlangan;
ilk bor yuqori sezgirlikga ega serologik diagnostika tizimlari (Bio-RAD)dan foydalanish asosida  yuqish xavfi mavjud guruhlar -  OIV/OITS, gemoblastoz bemorlarida aspergillez, kriptokokkoz va invaziv kandidoz kabi chuqur mikozlarning  uchrashi isbotlangan; 
ilk bor OIV-infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda opportunistik invaziv mikozlarni aksariyat hollarda monoinfeksiya shaklining hamda uyg‘unlashgan mikozlarni tashxislash zarurligi isbotlangan;  
ilk bor OIV/OITS, gemoblastoz bilan kasallangan bemorlarda  invaziv aspergillez, kriptokokkoz va invaziv kandidozlarning klinik kechishi   asoslangan; 
ilk bor immunokompromentiv bemorlarda  invaziv aspergillez va invaziv kandidozlarni oldini olishda antimikotik preparatlardan foydalanish samarasizligi,  ushbu mikozlarni sonini ortishiga olib kelishi  isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Immunokompromentiv bemorlarda chuqur mikozlar: klinika, tashxislash, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Immunokompromentiv bemorlarda chuqur mikozlarni tashxislash va davolash» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 dekabr 8n-z/236-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma immunkompromentiv bemorlarda (OIV/OITS, gemoblastozlar) opportunistik chuqur mikozlarni qo‘zg‘atuvchilarini erta aniqlash orqali, etiotrop davolashni samaradorligini oshirish va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini bergan; 
«Immunokompromentiv bemorlarda mikozlarni tashxislash va davolashning zamonaviy yondashuvlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 aprel 8n-p/122-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma Sog‘liqni saqlash vazirligining «OIV infeksiyasi bo‘yicha milliy klinik protokollarni amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida»gi 2018 yil 30 apreldagi 277-son buyrug‘iga asos bo‘lgan;
Immunokompromentiv bemorlarda mikozlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika OITS ga qarshi kurash markazi hamda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining amaliyotiga joriy qilingan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2019 yil 17 dekabr 8n-z/236-son ma’lumotnomasi). Natijada OIV-infeksiyasi va gemoblastoz bilan kasallangan immunkompromentiv bemorlarda chuqur mikozlarni o‘z vaqtida, aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida bemorlarning davolash samaradorligi va hayot sifati oshishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish