Nabiev A’zamjon Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «a-Si:N asosidagi quyosh elementlarida kovaklar elektr tashuvchanligini fotoelektrik xossalari», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM320.
Ilmiy rahbar: Zaynabidinov Sirajidin Zaynabidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.30.08.2018.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Dadamirzaev Muxammadjon Gulomkodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: a-Si:H asosidagi quyosh elementlarida kovaklarning elektr o‘tkazuvchanlik jarayonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yorug‘likning qalinlik bo‘ylab notekis yutilishi natijasida bir qatlamning o‘zida tok tashuvchilarning turli xil konsentratsiyasiga ega ikki sohaning yuzaga kelishi va ular o‘rtasidagi potensial to‘siqning mavjudligi aniqlangan;
p–i–n strukturalarda yorug‘likning notekis yutilishi tufayli yuzaga kelgan sohada faqat bir turdagi tok tashuvchilardan iborat fototokning yuzaga kelish shartlari aniqlangan;
ilk bor gidrogenizatsiyalangan amorf kremniy uchun VAXning to‘g‘ri chizig‘idagi qonuniyatlar o‘rnatilgan;
gidrogenizatsiyalangan amorf kremniyda kovaklarning fotoelektrik parametrlarini aniqlash mumkinligi nazariy asoslangan;
kovaklar harakatiga ta’sir qiluvchi nuqsonlarning harakatchanlik tirqishidagi energetik satx va konsentratsiyasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
a-Si:N asosidagi quyosh elementlarida kovaklar elektr tashuvchanligini fotoelektrik xossalarini aniqlash asosida:  
a-Si:H asosidagi quyosh elementlarida kovaklarning tok tashuvchanlik mexanizmini aniqlash va ularga ta’sir qiluvchi harakatchanlik tirqishidagi zaryadli holatlar konsentratsiyasini optimallashtirish orqali fotoelektrik qurilmalarning samaradorligini oshirish natijalari «Foton» aksiyadorlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli elektron qurilmalar ishlab chiqarishda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 13 noyabrdagi 04-4/1827-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kuyosh elementlarining unumdorligini oshirish imkonini bergan;
yorug‘likning qalinlik bo‘ylab notekis yutilishi natijasida bir qatlamning o‘zida tok tashuvchilarning turli konsentratsiyasiga ega ikki sohaning yuzaga kelishi va ular o‘rtasidagi potensial to‘siq mavjudligini aniqlanishi, fototokning kuchlanishga bog‘liqlik grafigini nazariy tahlili asosida olingan analitik ifoda, tajribalar natijasida olingan grafiklarni nazariy tahlilidan foydalanib, kovaklar harakatiga ta’sir qiluvchi zaryadli holatlarning harakatchanlik tirqishidagi energetik o‘rni va konsentratsiyasini aniqlash usuli F2-OT-O-15494 raqamli «Kvant nuqtali getero va nanotuzilmalardagi eksitonlar, polyaronlar, bipolyaronlar va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash» hamda F-2-21 raqamli «Yarimo‘tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashni matematik modellashtirish» fundamental loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 89.03.4392-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish