Rajabov Suxrob Xudayberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Devori qattiq-elastik o‘tkazuvchan trubalarda yopishqoq suyuqliklarning pulsatsion oqimi gidrodinamikasi», 01.02.05–Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/FM275.
Ilmiy rahbar: Navro‘zov Qurolboy, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.28.02.2018.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlar: Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Dalaboev Umriddin, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkazuvchan devorli qattiq va elastik quvurlarda yopishqoq suyuqlikning statsionar va pul`slanuvchi oqimlariga doir yangi qo‘shma masalalarni mos chegaraviy shartlarda shakllantirish va echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qattiq va elastik o‘tkazuvchan devorli quvurlarda yopishqoq suyuqliklar statsionar va pul`satsion oqimlari uchun mos chegaraviy shartlar asosida yangi qo‘shma masalalar shakllantirilgan;
suyuqlik harakati va devor deformatsiyalanishi tenglamalarining analitik echimi olinib, devor o‘tkazuvchanligi hisobga olingan holda masalaning yassi va o‘qqa nisbatan simmetrik qo‘yilishida oqim ko‘rsatkichlari va devor deformatsiyasi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
yangi gidrodinamik qonuniyatlar aniqlanib, ularga ko‘ra statsionar va pul`satsion oqimda yassiparallel kanal va silindrik quvur devorlarining o‘tkazuvchanligi o‘tkazuvchanlik koeffisientiga bog‘liq ravishda gidravlik qarshilikning kamayishiga olib kelishi, devorning o‘tkazuvchanligi devorda bosim pul`s to‘lqini bilan tavsiflanuvchi to‘lqinli oqimlar tashkil etishi va Uomersli koeffisientining ortishi to‘lqin tezligini kamaytirishga olib kelishi aniqlangan;
devor o‘tkazuvchanligi hisobga olinganida quvurlarning tarmoqlar bilan tutashuvini hisoblash uchun statsionar va pul`satsion oqimlarda gidravlik qarshilikning kamayishini aniqlashning «impedans» usuli qo‘llanilib, quvurlarning quvur tarmoqlari bilan tutushuvini hisoblash usullari takomillashtirilgan;
pul`satsion oqimda quvur devorining o‘tkazuvchanligi bosim, suyuqlik sarfi va boshqa gidrodinamik ko‘rsatkichlar tebranish amplitularining so‘nishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkazuvchan devorli qattiq va elastik quvurlarda yopishqoq suyuqlikning statsionar va pul`slanuvchi oqimlariga doir yangi qo‘shma masalalarni mos chegaraviy shartlarda shakllantirish asosida:
quvurlarning tarmoqlar bilan tutashuvini hisoblashning takomillashtirilgan usullari Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatida suvni hududlarga etkazib berish, sug‘oriladigan erlarda suvni quvurlar bo‘yicha maqsadli taqsimlashda joriy etilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 01/25-2864-son ma’lumotnomasi).  Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi quvurlar tizimi hisobida yo‘qotilgan  sarfni to‘ldirish imkoni yaratilgan va sug‘orishda suv sarfini 10-15%ga kamaytirish imkonini bergan;
suyuqlik harakati va devor deformatsiyalanishi tenglamalarining analitik echimi F-4-42 raqamli «Yurak biomexanikasi va uning qo‘llanilishi» grant loyixasida gidrodinamik  qonuniyatlar, effektlar, arterial tomirda pul`s to‘lqinlarining tarqalish va so‘nish qonuniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni xal etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1632-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yurak qorinchalarini rekonstruksiyalash, exokardiologik tadqiqotlarning informativligini oshirish, yurak qorinchalarining deformatsiyalanishi bilan bog‘liq patologik o‘zgarishlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish