Quvvatova Dilrabo Xabibovnaning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek dostonchiligining taraqqiyot xususiyatlari», 10.00.01 – O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /filologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Fil121
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rahimjonov No‘’mon Karimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 08.06.2016Fil.33.01raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek dostonchiligining taraqqiyot tamoyillari, shakliy-uslubiy o‘ziga xosligi, janriytakomili va badiiy-estetik xususiyatlarini ilmiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek dostonchiligi poetik strukturasidagi sifat o‘zgarishlari, taraqqiyot tamoyillarini belgilovchi xalq og‘zaki ijodi uslubi, o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analari, jahon adabiyotining badiiy- estetik tajribasidan iborat omillar aniqlangan;
o‘zbek va jahon adabiyotshunosligidagi poema janriga oid ilmiy izlanishlardagi fikrlar, janr taraqqiyoti konsepsiyalari, poema tasnifi haqidagi qarashlar umumlashtirilib, o‘zbek dostonlarining tarkibiy ko‘rinishlarini guruhlash takomillashtirilgan;
XX asrning 50-yillaridan yangi asr boshlarigacha bo‘lgan davrda yaratilgan dostonlarning mushtarak va o‘ziga xos jihatlari,an’anaviy xalq va mumtoz dostonchilik yo‘nalishidagi asarlarning tabiati, badiiy-kompozision xususiyatlari ochib berilgan;
mustaqillik davri dostonlari mazmunining ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xalq ruhiyati va dunyoqarashidagi o‘zgarishlar, milliy istiqlol g‘oyasi bilan yo‘g‘rilganligi yorqin misollar asosida ko‘rsatib berilgan;
ertak, afsona va rivoyat asosiga qurilgan dostonlar davrning dolzarb g‘oyalarini ochib berishda ifoda vositasi sifatida xizmat qilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek dostonchiligi taraqqiyotiga xos xususiyatlarni ochib berish jarayonidama’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
adabiy jarayon takomili bilan bog‘liq qarashlar, istiqlol davri o‘zbek dostonlariga xos xususiyatlarni yoritishda A-2-175 raqamli «Hozirgi adabiy jarayon. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati taraqqiyotida an’ana va vorisiylik» (2006-2008) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining FTK-03-13/942-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanilishi istiqlol davri o‘zbek dostonchiligining yetakchi konsepsiyasini ilmiy baholash imkonini bergan;
zamonaviy doston janri strukturasidagi sifat o‘zgarishlari; mif, ertak, afsona va rivoyat asosiga qurilgan dostonlarning xususiyatlari F1-XT-0-19919 raqamli «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni» (2007-2011) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining «Hozirgi davr o‘zbek adabiyoti va mifologiya» qismi (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining FTK-0313/327-son xati)ni tayyorlashda qo‘llanilgan. Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek dostonchiligi taraqqiyotida fol`klorizm mustabid tuzum iskanjasidagi millat qalbida yashirinib yotgan dardlarni aks ettirishda, erkka intilish, Vatanni ozod va mustaqil ko‘rish kabi davrning dolzarb g‘oyalarini ochib berishda qulay ifoda vositasi sifatida xizmat qilganligini yoritishda muhim asos bo‘ladi;
o‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor yaratilgan «Jahon adabiyoti atamalarining izohli lug‘ati»da analitik fol`klorizm, doston, modernizm, parallelizm, pafos, poema, poetika, poetik sintaksis, semiotika, stilizatsiya, sinkretizm, fol`klorizm, ellipsis, epos kabi yigirmadan ortiq ilmiy tushuncha va atamalarning ma’nosi izohlab berilgan. Mazkur lug‘at o‘zbek tilida jahon adabiyoti va adabiyotshunosligiga aloqador terminlarni to‘g‘ri qo‘llash, ularning barqarorligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.