Xalikova Maloxat Babamuradovnaning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.tomentosum turining genetik potensiali va uning madaniylashgan turlarni (G.hirsutum L., G.barbadense L.) qimmatli-xo‘jalik belgilari bilan boyitishdagi ahamiyati», 06.01.05-seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx122

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saydaliev Xakimjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx.22.01.

Rasmiy opponetlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Xodjaev Shamil` Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abzalov Miratxam Fuzailovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

g‘o‘zaning yovvoyi G.tomentosum Nutt. ex Seem., madaniylashgan G.hirsutum L. va G.barbadense L. turlari ishtirokida olingan duragaylardan amaliy seleksiyada qimmatli-xo‘jalik belgilari, xususan tola sifati va so‘ruvchi zararkunandalarga bardoshliligi uyg‘unlashgan manba sifatida foydalanish imkoniyatlarini baholashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

g‘o‘zaning yovvoyi turi G.tomentosum Nutt. ex Seem. va G.hirsutum L. turlari ishtirokida olingan duragaylarda tanlovlar, yovvoyi turdagi qimmatli belgilarning samarali transgressiyasi asosida qimmatli xo‘jalik belgilari va zararkunandalarga bardoshliligi uyg‘unlashgan  S-01 va SP-03 navlari yaratilgan;

introgressiv tizmalarni analizator tizma bilan duragaylash orqali burama tuklanish va tuklar sonining irsiylanishida dominant allellar va yordamchi genlar soni katta ahamiyatga egaligi, barg qalinligining sitoplazmatik genlar bilan nazorat qilinishi aniqlangan;

bargning 1 mm2 sathidagi tuklar soni belgisi genetik tahlil qilingan va avlodlarda tuklanishning «burama» tipi to‘liq dominant bo‘lib, u geterozigota holatda «burama» fenotip namoyon qilishi, F2 dagi tuklanish tabiati bo‘yicha burama tipli tizmalar oddiy tuklanish tipiga ega bo‘lgan tizma bilan bir genning allel` holatlari bo‘yicha farqlanishi isbotlangan;

g‘o‘za tizmalarining barg sathidagi tuklanish tipi o‘simlikdagi so‘ruvchi zararkunanda soniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ikki allel` bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’sirida irsiylanishi isbotlangan va tuklanish tipini nazorat qiluvchi genlarni ikki genom guruhiga mansub deb e’tirof etilib, ularni HSA-hsA va HSD-hsD ko‘rinishda belgilash kiritilgan;

G.tomentosum Nutt. ex Seem. turining belgilariga ega bo‘lgan tizmalar hamda G.barbadense L. turiga mansub navlarni duragaylab olingan o‘simliklarda asosiy xo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlari tahlil qilinishi natijasida ikkala turga xos shakllar belgilarining o‘zaro uyg‘unlashuvi aniqlangan;

izlanishlar natijasida ajratib olingan asosiy xo‘jalik belgilari, xususan tola chiqimi va zararkunandalarga bardoshliligi mujassamlashgan oila va tizmalardan amaliy seleksiya ishlarida so‘ruvchi zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori bo‘lgan qimmatli manba sifatida foydalanish imkoniyatlari baholangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘o‘zaning yaratilgan S-01 navi 2012-2015 yillar davomida Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasiga qarashli nav sinash shohobchalarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2016 yil 28-yanvardagi 18-sonli buyrug‘i bilan 2016 yildan Navoiy viloyati uchun istiqbolli deb topilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 11.02.2016 y., 02/20-109-son ma’lumotnomasi, Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 16.05.2016 y., 53/4-191 sonli ma’lumotnomasi). Yaratilgan S-01 g‘o‘za navidan rayonlashgan navlarga nisbatan Navoiy tajriba stansiyasida 6,0-7,0 s/ga (samaradorlik 18,0-20,0%), Toshkent viloyatidagi Oqqo‘rg‘on tajriba stansiyasida 4,0-4,5 s/ga (samaradorlik 12,0-14,0%) yuqori hosil olingan.

SP-03 g‘o‘za navi esa 2016 yildan Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasiga navdorlikni baholash sinovi (Gruntnazorat)ga qabul qilingan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 16.05.2016 y.dagi 53/4-192 sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish