Sayt test rejimida ishlamoqda

Polatov Asxad Muxamedjanovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Konstruksion materiallarning chiziqsiz deformatsiyalanish masalalarini chekli elementlar usulida echish algoritmlari va sonli modellashtirish», 05.01.07 – matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (fizika-matematika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: : /texnika fanlari nomzodi/. 

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.FM201

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.29.01.

Ilmiy maslahatchi: Xaldjigitov Abduvali Abdisamatovich texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Yakobovskiy Mixail Vladimirovich fizika-matematka fanlari doktori, professor; Aloev Raxmatillo Djuraevich fizika-matematka fanlari doktori, professor; Narmuradov Chori Begalievich fizika-matematka fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

Chekli elementlar usulida echishning sonli modeli, hisoblash usul va algoritmlari, ixtisoslashgan dasturiy vositalar majmuini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

chekli elementlar usuli va transversal-izotrop muhitning kichik elastik-plastik deformatsiyalari soddalashtirilgan nazariyasi asosida uch o‘lchovli konstruksion materiallardan iborat konstruksiyalarning fizikaviy chiziqsiz deformatsiyalanish masalalarini echishning sonli modeli ishlab chiqilgan;

murakkab shakldagi chekli elementli to‘rni tuzish usuli ishlab chiqilgan va echimning mavjudligi, yagonaligi va turg‘unligi asoslangan;

konstruksiyalarning fizikaviy chiziqsiz deformatsiyalanish masalalarini echishda hisoblash texnikasi imkoniyatlaridan tejamkor foydalanish texnologiya va mexanizmlariga asoslangan samarali sonli algoritmlari ishlab chiqilgan;

tuzilmasi tolalik materiallarni loyihalashtirish va konstruksiya-larni hisob qilishdagi hisoblash eksperimentlari o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish uchun ixtisoslashgan dasturiy vositalar majmui ishlab chiqilgan;

tola va bog‘lovchi material hajmiy tarkibining tolalik kompozit mexanik hususiyatlariga ta’siri darajasini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tolalik kompozit materiallardan tashkil topgan jismlardagi tola hajmiy nisbati va kuchlanganlik konsentratorlarining konstruksiyalar fizikaviy chiziqsiz deformatsiyasi ta’siriga doir yangi uch o‘lchovli masalalar echimlari OT-F1-127 «Plastiklik nazariyasi va deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarda nochiziqli to‘lqin tarqalishi muammolari» grant loyihasida (2007-2011) murakkab tuzilmaviy shaklga ega konstruksiyalarda qo‘shimcha teshiklar o‘rnatilishi natijasida yuksizlanish effektini yuzaga keltiruvchi teshiklar orasidagi masofaga bog‘liqlikni aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va texnologiyalarni rivojlan-tirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 16 maydagi FTK-03-13/308-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ko‘p variantli hisoblash eksperimentlari o‘tkazilishi hisobiga material sig‘imligini kamaytirish bo‘yicha, deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning mustahkamligini bashoratlash va tola bilan asos materialning samarali nisbatlarini aniq baholash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish