Otaxonov Qobuljon Qaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ferrotsenilbenzoy kislotalarining tiomochevinali hosilalari asosida biostimulyatorlar sintez qilish va ularni sinflash», 02.00.09–Tovarlar kimyosi; 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/K161. 
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Shaxobiddin Xasanboevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Siddiqov G‘opurjon Usmonovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ferrotsenilbenzoy kislotalarining tiomochevinali hosilalari asosida biostimulyatorlar sintez qilish va ularni sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diazotirlash reaksiyasi asosida ilk bor p-ferrotsenilbenzoy kislotasining va tiomochevina hosilalari bilan biologik faol moddalar sintez qilingan;
ajratib olingan 12 ta birikmaning kimyoviy tarkibi va tuzilishi elementar analiz, mass-spektrometriya, IQ spektroskopiya, kavnt-kimyoviy hisoblash usullari yordamida aniqlangan;
IQ spektroskopik va kvant-kimyoviy hisoblash natijalarini  taqqoslash asosida p-ferrotsenilbenzoy kislotasining monometiloltiomochevina, dimetilentiomochevina, metilolditiomochevina, tiomochevinabilan hosilalari geteroannulyar 1, 1’-dialmashingan tuzilishga ega ekanligi isbotlangan;
sintez qilingan birikmalarning chigitning unib chiqishi, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga samarali ta’siri aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
p-Ferrotsenilbenzoy kislotasining va monometiloltiomochevina asosida sintez qilingan biologik faol moddalarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
p-Ferrotsenilbenzoy kislotasining va monometiloltiomochevina bilan sintez qilingan «ASXOAK» biostimulyatorini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 10 iyuldagi 02/021-1079-son ma’lumotnomasi). Natijada biostimulyator bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan gektaridan qo‘shimcha 3–5 s hosil olish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha p-ferrotsenilbenzoy kislotasi hosilalari uchun 3808939003 kod raqami ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 14 maydagi 01/16-255-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida p-ferrotsenilbenzoy kislotasi saqlovchi biologik faol birikmalarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish