Hamroeva Marg‘uba Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda soya navlarining fiziologik xususiyatlari va donining biokimyoviy tarkibini ilmiy asoslash», 03.00.07–O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B287.
Ilmiy rahbar: Yormatova Dilarom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.28.06.2018.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: Qushiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Jumaev Farhod Hojiqurbonovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida (Glicine hispida Maxim) mahalliy va xorij soya navlarining fiziologik xususiyatlarini aniqlash va donining biokimyoviy tarkibidagi o‘zgaruvchanligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyati sho‘rlangan tuproqlarida o‘rtapishar soya navlarning (Glicine hispida) rivojlanishi va hosildorligi aniqlangan;
ilk bor sho‘rlangan tuproqlarda soya navlari urug‘lari nitragin-137 shtammi bilan ishlov berib ekilganda, tuproqda mikroorganizmlarning faolligi oshib, biologik azot hosil qilishi aniqlangan;
o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda soya navlarida rivojlanish fazalarida boradigan fiziologik jarayonlar (fotosintez mahsuldorligi, transpiratsiya jadalligi) gullash fazasining oxiri va dukkak hosil qilish davrida poyaning o‘rta yaruslarida yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor soya navlari urug‘i tarkibidagi moyning sifat ko‘rsatkichlari miqdorining o‘zgarishi aniqlangan;
soya navlarining donidagi moddalarning xavfsizlik darajasi va sanitar-gigienik ko‘rsatkichlari va yog‘sizlantirilgan unidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarining toksikologik ko‘rsatkichlari me’yor darajasida ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda soya navlarining fiziologik xususiyatlari va donining biokimyoviy tarkibini ilmiy asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda soya navlarida ekologik toza don hosili etishtirish bo‘yicha ”O‘zbekistonda soya etishtirish” va “Soya agrotexnikasi” tavsiyanomalari Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2019 yil 18 noyabrdagi T-6-4-564-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda o‘rta pishar soya navlarini etishtirish va oqsilga boy ekologik toza don hosili olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
olingan soya navlari Buxoro viloyati maydonlarida ekish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 02/021-3749-son ma’lumotnomasi). Natijada navlarning rivojlanishini, hosildorligini oshirish hamda biologik azotni hosil qilish imkonini bergan;
soyadan “Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi” AJda soya donlaridan moy olishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 18 noyabrdagi AA/3-1620-son ma’lumotnomasi). Natijada oziq-ovqat mahsuloti sifatida toksikologik xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan.