Aimbetov Izzet Kallievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istonning sho‘r gruntlarida bino va inshootlar qurishning muhandislik-geologik asoslari», 04.00.04–Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T238.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Irgashev Yuldashbay Irgashevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Sherfedinov Lenza Zeker`yaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston gruntlarining sho‘rlanish va fizik-mexanik xossalarining xusisiyatlarini baholash va bu gruntlarda bino va inshootlarni loyihalash, qurish va xavfsiz ekspluatatsiya qilishning muhandis-geologik ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘istonning shimoliy qismi sug‘oriladigan xududlar uchun gruntlarning sho‘rlanish darajasi bo‘yicha muhandislik-geologik rayonlashtirilgan;
Qoraqalpog‘istonning shimoliy qismida 10,0 metr chuqurlikgacha sho‘rlangan gruntlarning fil`tratsiya koeffisientining va deformatsiya modulining mazkur gruntlarning fizik ko‘rsatkichlariga bog‘liqlik korrelyasion formulalari aniqlangan;
ilk bor sun’iy ravishda sho‘rlangan ko‘chma (barxan) qumlarni uch o‘qli siqilish sharoitlarida sinash yordamida tuzlar dastlab faqat siljish deformatsiyalari rivojlanishiga ta’sir etishi, siljish deformatsiyalari tugagandan keyin hajmiy deformatsiyalar sodir bo‘lishi isbotlangan;
pressiometriya usulini sho‘rlangan gruntlarning deformatsiyalanish xarakteristikalarini aniqlashda qo‘llash asoslangan;
poydevor ta’siri ostidagi grunt massivining zo‘riqish-deformatsiyalanish holatiga tuzlar ta’sir etishining qonuniyatlari aniqlangan;
gruntlarda oquvchanlik (suyuqlashib siljish) xossalarining paydo bo‘lish sharoitlari asoslangan hamda jarliklar (kan`onlar) paydo bo‘lishini ta’riflovchi tenglama aniqlangan;
imorat va inshootlarning poydevorlari cho‘kishini hisoblashda gruntlarning sho‘rlanishini hisobga olish uslubi ishlab chiqilgan;
gruntlarning tiksotrop xossalarini yuzaga kelishi nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqolpog‘istonning sho‘r gruntlarida bino va inshootlar qurishning muxandislik-geologik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonning shimoliy qismi sug‘oriladigan erlari gruntlarning 11,7 metrgacha chuqurlikdagi sho‘rlanish va suv o‘tkazuvchanlik xarita-sxemalari hamda gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi va deformatsiya modulining ularning fizik xossalariga korrelyasion bog‘liklik formulalari «UzGIP» MChJning Qoraqalpoq sho‘’ba korxonasi va «Nukusgorlandshaftproekt» MChJ, Davlat loyihalash, qurilishda muxandislik izlanishlar, geoinformatika va shahar qurilishi kadarstri institutining Qoraqalpoq filiali amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 01-07/01-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada loyixalash va muxandislik geologiya ishlarini bajarish muddatini qisqartirish imkonini bergan;
uch o‘qli siqilish sharoitida sun’iy ravishda sho‘rlantirilgan ko‘chma (barxan) qumlarning mexanik xossalariga tuzlar ta’sir qilishining eksperimental aniqlangan qonuniyatlari hamda sho‘r gruntlarning deformatsion xossalarini aniqlash uchun pressiometriya usulini qo‘llashning nazariy asosi «OZGASHKLITI» DUKning Qoraqalpoq filialida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 01-07/01-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada sho‘r gruntlarning mexanikaviy xossalarining ishonchli ko‘rsatkichlarini olishga imkon bergan;
binolar va inshootlarning bosimi ta’siri ostidagi gruntlar massivining zo‘riqish-deformatsiyalanish vaziyatiga tuzlarning ta’sir etish qonuniyatlari va imoratlarning poydevorlariga tuzlarning ta’sirini kamaytirish bo‘yicha muxandislik-geologik tavsiyalar «Nukusgorlanshaftproekt» MChJda amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 01-07/01-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada poydevorlarning ishonchli konstruksiyalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Kulon-Mor mustahkamlik nazariyasi va tutash muhit mexanikasi asosida aniqlangan gruntlarda oquvchanlik (suyuqlashib siljish) xossalari paydo bo‘lishining sharoitlari hamda gruntlar mexanikasi va gidravlika tenglamalarini birgalikda echish orqali olingan jarlarning (kan`onlarning) paydo bo‘lishini tariflovchi tenglama va Orol dengizining qurigan tubida kan`onlar paydo bo‘layotgan rayonlaridagi muxandislik-geologik tadqiqotlar natijalari «UzGIP» MChJning Qoraqalpoq shu’ba korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 01-07/01-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada «Maypost» ko‘lining uzunligi 29,4 km.ga teng tuproqli to‘g‘oni hamda uzunligi 2700 m., qiymati (2016 y. narxlarida) 16 mlrd. sum bo‘lgan «Mejdurech`e» suv omborining to‘g‘onini ishonchli loyihalanishi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘istonning gipslashgan gruntlarida bino va inshootlarning poydevorlarini loyihalash bo‘yicha tavsiyalar «Uzbekgidrogeologiya» DUKning Orolbuyi dala gidrogeologik ekspedisiyasida muxandislik-geologik xulosalar ishlab chiqarishda qo‘llash uchun hamda «Ko‘ng‘irot soda zavodi» MChJda kal`siylashtirilgan soda ishlab chiqarishni kengaytirishga mo‘ljallangan bino va inshootlarni loyihalashda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 01-07/01-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada qurilish ob’ektlarining ishonchli loyihalanishini ta’minlash imkonini bergan.