Irismetov Murodjon Ergashevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Tizza bugimini yozuvchi kontrakturalarining diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib452

Ilmiy maslahatchi: Azizov Mirxakim Javxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.20.01.

Rasmiy opponentlar: Orleskiy Anatoliy Korneevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baybekov Iskandar Muxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Juraev Axror Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi» Davlat tashkiloti Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: Tizza bo‘g‘imi yozuvchi kontrakturalarini tashxislash usullarini optimalashtirish yo‘llari bilan davolash natijalarini yaxshilash, optimal operativ davolash usullarini va operatsiyadan keyingi bemorlarni olib borish usullarini ishlab chiqish. 

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

tizza bo‘g‘imi yozuvchi kontrakturasi bo‘lgan bemorlar uchun optimal operativ kirish yo‘li va yangi yuqori samarador operativ tiklash usuli klinik amaliyotda ishlab chiqilgan;

tizza bo‘g‘imida mobilizatsiyalovchi operatsiya bilan birgalikda bo‘g‘im yuzalarini konservirlangan allogen kindik to‘qimasi bilan artroplastika qilish operatsiyasi ishlab chiqilgan;

tizza bo‘g‘imi jaroxatdan keyingi turg‘un yozuvchi kontrakturasi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks kliniko-instrumental tekshirish diagnostikasida MSKT va artroskopiya klinik asoslangan holda birgalikda qo‘llanishi asoslab berilgan;

bo‘g‘im ichi va bo‘g‘imdan tashqari travmalardan so‘ng son va tizza bo‘g‘imi yumshoq to‘qimalarining gistomorfologik holati o‘rganilgan hamda immobilizatsiya fonida yozuvchi kontraktura rivojlanishida tizza bo‘g‘imi drenaj faoliyati buzilishining patogenetik ahamiyati asoslab berilgan;

tizza bo‘g‘imida kapsula defekti bo‘lgan hollarda yangi mobilizatsiyalovchi va kapsuloplastika operatsiya usuli ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tizza bo‘g‘imini yozuvchi kontrakturalarining diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi asosida: «Tizza bo‘g‘imi yozilgan kontrakturalarini xirurgik davolash usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ihtiroga patent olingan (IAP 03898, 2009). Bu usul bo‘g‘im yuzasi gialin qavatining tezroq regeneratsiyalanish imkonini beradi; «Tizza bo‘g‘imining yozuvchi kontrakturasini jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ihtiroga patent olingan (IAP 04110, 2010). Bu usul tizza bo‘g‘imida operatsiyadan keyingi yaraning tezroq birlamchi bitishiga va xarakatlarni erta boshlashga imkon beradi; «Tizza bo‘g‘imi yoziluvchi kontrakturalarini jarroxlik yo‘li bilan davolash usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ihtiroga patent olingan (IAP 04870, 2011). Bu usul bo‘g‘imining bukilish amplitudasini  oshiradi; amaliyotga, jumladan, Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida tatbiq qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2016 yil 5 maydagi 8n-d/9 ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan tadqiqotlar «yaxshi» uzoq muddatli natijalarni 66,1% dan 90,8% gacha oshirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish