Baymanov Habibullo Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasihaqidae’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson xarakteriga xos sifat leksemalarning funksional-semantik xususiyatlari (nemis va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil.574.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ismoilov Yusuf Niyazmetovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nemis va o‘zbek tillarida inson xarakteriga xos sifat leksemalarni tizimli aspektda chog‘ishtirib o‘rganish, ayni til vositalarining funksional-semantik xosliklari, inventari, badiiy, publisistik adabiyotlar va ijtimoiy-siyosiy kontekst (diskurs)dagi turli qurilmalarda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanish potensiali, xususiyatlarini aniqlash va tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
leksik-semantik vositalarning nemis va o‘zbek tili muloqot jarayoni va badiiy asarlaridagi funksional-semantik, pragmatik xususiyatlari asosi ijobiy, salbiy hamda neytral inson xarakteriga xos sifat leksemalarning kontrast ekspressiv-emotsiya ifodalashdagi o‘rni isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan har ikki tillardagi inson xarakteriga xos sifat leksemalarning der/die/das aniq, ein/eine/ein noaniq artikllar, mein/ dein/sein/ihr/unser/euer/ihr/Ihr egalik olmoshlar, kelishiklar bilan turlanishi, darajalanishidagi intensivi, leksik-grammatik o‘xshash va farqli tomonlari dalillangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi inson xarakteriga xos sifat leksemalarning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishidagi valentlik xossalari ochilgan hamda insonning ruhiy-hissyoti, ichki kechinmalarini ifodalovchi leksik-semantik guruhlarga ajratilgan;
har ikki tillarga mansub inson xarakteriga xos sifat leksemalarning muloqot jarayonidagi kompliment konseptining til tizimi doirasida namoyon bo‘ladigan va nutq jarayonida faollashadigan konnotativ, denotativ hamda kognitiv xususiyatlari dalillangan; 
nutqiy faoliyatda inson xarakteriga xos sifatlarning faolligi hamdahar ikki tillardagi ijtimoiy-siyosiy manbalarda insonning axloqiy, intellektual, ijtimoiy belgilari o‘nta leksik-semantik guruhlarga ajratilgan va voqelanishi statistik ma’lumotlar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nemis va o‘zbek tillaridagi inson xarakteriga xos sifat leksemalarning funksional-semantik, pragmatik va kognitiv xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
madaniyatlararo muloqot (kompliment konsepti) va diskursda qo‘llanilishiga oid tadqiqi bo‘yicha olingan natijalardan A-1-37 raqamli “Inson kapitalini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni va rolining ijtimoiy-pedagogik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-516-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikki tillardagi inson xarakteriga xos sifat leksemalar tahlili yangicha yondashuvga turtki berib, tilni o‘rganuvchilarga madaniyatlararo muloqot jarayonidagi kompliment konsepti va muloqot qilishning o‘ziga xos xususiyatini yanada boyitish uchun xizmat qilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi inson xarakteriga xos sifat leksemalarning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishda funksional-semantik, muloqot jarayonidagi pragmatik, kommunikativ-kognitiv xususiyatlari, madaniyatlararo muloqot (kompliment konsepti) va diskursini qayta yaratish maqsadida ushbu vositalarni inobatga olish zarurati, tahlil va tarjima yo‘llari bilan bog‘liq natijalaridan “5120113-Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)”, “5120202-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “5A120102-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” magistratura mutaxassislarining malaka talablariga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-516-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qiyosiy tilshunoslik”, “Qiyosiy tarjimashunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Lingvistik tahlil metodlari”, “Lingvomadaniyatshunoslik” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga asos bo‘lgan; 
har ikki tilga xos inson xarakteriga xos sifat leksemalar turkumiga oid tuzilgan “Nemis va o‘zbek tillarida ijobiy, salbiy va neytral sifat leksemalar lug‘ati” hamda kompliment konseptining lisoniy tarkibidagi milliy o‘ziga xoslik darajasini inobatga olish zarurati, tahlil va tarjima yo‘llari bilan bog‘liq natijalaridan RUR Boxum hamda Moskva davlat iqtisodiyot statistikasi va axboroti universitetlarida “Qiyosiy tilshunoslik” va “Lingvistik tarjimashunoslik” bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari (Prof. Dr. Karin Pittner/Ruhr-Universitdt Bochum/44780 Bochum/Germany ma’lumotnomasi), (f.f.d. prof. S.A. Il`ich/MESI ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada tadqiq etilgan inson xarakteriga xos sifat leksemalarning funksional-semantikasi, kompliment konseptining o‘ziga xos xususiyatlari hamda salbiy, ijobiy va neytral sifat leksemalarga xos tuzilgan lug‘atdan “Qiyosiy tilshunoslik”, “Qiyosiy tarjimashunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Lingvomadaniyatshunoslik” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga manba bo‘lib xizmat qilgan;
ijtimoiy-siyosiy diskursning materiali sifatida ommaviy axborot vositalarini hosil qiluvchi eng asosiy usullardan biri ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbeksiton Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Ko‘ngilochar va musiqiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Tig‘iz payt” radio eshittirishining turkum sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasi 2018 yil 16 avgustdagi O’z/k-1142-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-siyosiy diskursning siyosiy voqealar sharhi, siyosiy interv`yu, siyosiy mavzudagi dolzarb xabarlar, siyosiy maqola turlarida ham o‘z ifodasini topgan hamda ko‘rsatuv va eshittiruv mundarijasini boyitgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish